mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan o’ta murakkab tizim sifatida tavsiflaydi.
Jamiyatning ziddiyatli birlikni tashkil etadigan barcha tarkibiy qismlari moddiy
ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Mazkur munosabatlar majmui
bazisni, ya’ni jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi. Shu asosda jamiyatning
o’ziga xos ijtimoiy munosabatlar amal qiladigan muayyan-tarixiy tipi shakllanadi.
Jamiyatning umumiy iqtisodiy asosda shakllanadigan va «alohida, o’ziga xos
xususiyat»ga ega bo’lgan tipini Marks ijtimoiy-iqtisodiy formasiya deb belgilaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalarning o’zgarishiga Marks pirovard natijada ishlab
chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining dialektikasi bilan
belgilanadigan qonuniy, tabiiy-tarixiy jarayon sifatida qaraydi.
Dostları ilə paylaş: