7-mavzu: Xalqaro turizmda inson xulki va odob-axloki. Xalqaro turizmda madaniy xilma-xillikning tarkalishi


Nutq madaniyati va notiqlik san’atining mohiyati



Yüklə 384,5 Kb.
səhifə14/18
tarix14.12.2023
ölçüsü384,5 Kb.
#177734
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
7-mavzu boyicha maruzalar matni

7.3. Nutq madaniyati va notiqlik san’atining mohiyati.
Nutq odobi mehmonxona xodimining umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. Nutq madaniyati - deganda aytilishi zarur bo’lgan xabarlarni suhbatdoshni hurmat qilgan holda, uning ko’ngliga mos, adabiy me’yordagi ifodalar bilan etkazish tushuniladi. Har qanday noxush xabarni ham suhbatdoshga beozor etkazish mumkin. Buning uchun inson tilni, adabiy til me’yorlarini, ayniqsa, turizm va mehmonxona biznesi sohasida xorijiy til me’yorlarini mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli va odobli so’zlash ham o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug’at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli insonlarga taqlid qilish ulardan o’rganish orqali erishish mumkin.
Lug’aviy so’z boyligi, grammatik to’g’ri, badiiy ifodalangan, mantiqiy tuzilgan, maqsadli imo-ishoralardan iborat nutq madaniy nutq hisoblanadi. “Nutq madaniyati” tushunchasi og’zaki va yozma nutqqa tegishlidir. Har ikkisi ham mazmunli, tushunarli, ifodali va zamonaviy bo’lishi kerak. Xodimning yozma nutq madaniyati quyidagi hujjatlar bilan ishlashda namoyon bo’ladi:

  • mijozlarga, hamkor firmalarga xat yozishda;

  • hisobotlarni rasmiylashtirishda;

  • kundalik buyurtma xatlarda va sh.k.

Til shunday ma’no-mazmunni anglatadiki, uning mavjud bo’lishi va ifodalanishi nutq orqali amalga oshadi. Til bir tomondan nutq hosil qilinadigan va tushuniladigan qurilma sifatida talqin qilinsa, ikkinchi tomondan, mutaxassislar nutq faktlaridan xulosa qiladigan qoidalar tizimi, birliklar majmuasidir. Bu tushunchalarning har ikkalasi ham o’zaro bir-biriga bog’liqdir, chunki til qurilma sifatida mohiyatni anglatadi, bu mohiyatni unda mavjud bo’lgan qoida va birliklar orqali bilish mumkin. Nutq, birinchidan, fikr-mulohaza bildirish jarayoni, ikkinchidan, u til qurilmasi faoliyati natijasidir. Til va nutq haqida bildirilgan bunday fikrlarga asoslanib xulosa qilish mumkinki, ular o’zaro bog’liq, bir-birini taqozo etuvchi hodisalardir va ayni paytda, ular o’rtasida muayyan farqlar ham mavjudki, bularni alohida eslab o’tish lozim bo’ladi.
Til potentsial hodisa bo’lib, insonlar ongida bolalikdan o’zlashtirilgan gapirish qobiliyati va nutq orqali ifodalangan fikrni tushunish vositasi sifatida mavjud bo’ladi. Nutq esa mavjud imkoniyatni voqealantirish va so’zlashuv qobiliyatini aniq muhitda amalga oshirish jarayonidir. Nutq har bir alohida kishini individ va shaxs sifatida harakterlovchi eng samarador vositalardan biridir. Insonlar muloqoti nutq orqali amalga oshiriladi. Uning yordamida kishilar o’z fikrini, hissiyotlarini, kayfiyatini istaklarini ifodalaydi. Nutq individual hodisa bo’lsa-da, aksariyat hollarda biz bir-birimizni tushunamiz. Tushunish so’zlashish faoliyatida ayrim o’ziga xos va umumiy xususiyatlarning mavjudligi tufayli yuz beradi. Bunday xususiyatlar muayyan til jamoasi ishlatadigan birliklar (fonemalar, morfemalar, so’zlar, gaplar) va ulardan foydalanish qoidalarining umumiyligidadir. Umumiy birliklar va qoidalar til tizimiga mansub bo’lib, ularning individual nutqda ishlatilishi nutqning tuzilmaviy asosini tashkil qiladi. Aynan shu asosda nutqning muloqot jarayonidagi vazifasi amalga oshiriladi. Gapirish va tushunish jarayoni kishilar orasida fikr almashinuvini, hissiyotlarini bildirish, axborot uzatish ehtiyoji tufayli ro’y beradi va bularning hammasi ijtimoiy munosabatlarga asoslanadi. Nutqning aynan mana shu ijtimoiy asosini til tizimi tashkil qiladi. Demak, nutq umumiy va ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan tilga nisbatan individual munosabatdagi hodisadir.



Yüklə 384,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin