4
davlatning soyolikni saqlash va maorif xizmatlaridan hech foydalanmagan bo‗lishi
mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq to‗lovchilarning tulagan
soliq va yig‗imlari davlatning ularga ko‗rsatgan xilma-xil xizmatlari (mudofaa,
xavfsizlikni ta‘minlash, tartib-intizomni urnatish va boshqa ijtimoiy-zaruriy
xizmatlar) orqali o‗zlariga kaytib keladi. Demak, soliq to‗lovchilar nuktai nazaridan
olganda hamma soliqlar bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ko‗rsatgan ijtimoiy
xizmatlari uchun tulanadigan (to‗lov) xaqdir. Soliqlar budjetga va davlat pul
fondlariga kelib tushadigan, majburiy harakterga ega bo‗lgan pul to‗lovi
munosabatlaridir.
―Shuningdek, soliqlar iqtisodiy kategoriya bo‗lganligi uchun bozor iqtisodiyoti
munosabatlari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar bilan chambarchas bog‗liqdir.
Bozor iqtisodiyoti
erkin iqtisodiyotdir, ya‘ni har bir huquqiy shaxs, tadbirkor o‗z
tovariga erkin baho belgilashi, mahsulot etkazib beruvchini topishi va o‗zi
iste‘molchini topib unga mahsulotni sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat
ularning bir qism daromadlarini taqsimlab, budjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi.
Soliq qilib olish uchun Oliy majlisning karori zarur, ya‘ni qonun bilan olingan to‗lov
byudzjetga o‗tadi. Erkin iqtisodiyot sharoitida soliqlar ham erkin, ochik, anik
bo‗ladi, demokratik to‗lovga aylanadi‖
3
.
Soliqlar iqtisodiy kategoriya bo‗lganligidan to‗lovchilar va budjet o‗rtasida
daromadlar taksimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini, albatta, e‘tiborga
olish zarur. Soliq to‗lovchilar daromadini
davlat istaganicha ololmaydi, soliqlarni
budjetga olishning ma‘lum chegarasi mavjud. Bu xaqda ko‗plab yirik iqtisodchilar va
davlat arboblari o‗z asarlarida kO‗rsatib utgan. Uni davlat, shu bilan birga soliq
to‗lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib
soliq belgilanadi. Ikkinchi tomondan, soliqlardan makroiqtisodiyotni
rivojlantirish,
bozor infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat maksadalari uchun etarli
molyaviy resurslar tuplash uchun foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq
to‗lovchilar bilan davlat o‗rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o‗z
ifodasini topadi. Aniqroq aytsak, bu yerda iqtisodiy munosabat, ya‘ni pul munosabati
mavjuddir.
Markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil
etadigan soliq va yig‗imlar turlarining yig‗indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. Bu
ta‘rifda soliq va yig‗imlar yagona mohiyat, ya‘ni «majburiy xarakterga ega bo‗lgan
munosabat» va ularning bir-biri bilan bog‗liqligi va nihoyat
budjetga tushishligini
ko‗rsatadi. Bu O‗zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu
yerda bahsli masala ham mavjud, ya‘ni davlatning budjetdan tashqari fondlariga
(pensiya, ijtimoiy sugurta, bandlik, yo‗l fondlari va boshqalarga) to‗lovlarni ham
majburiylik nuktai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. O‗zbekiston
Respublikasi Soliq Kodeksiga binoan soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari hamda
mahalliy soliql ar va yig‗imlarni o‗z ichiga oladi (8.2-jadval).
8.2-jadvalda ko‗rinib
turibdiki, hozirgi kunda soliqlar kodeksda 6 ta
umumdavlat (respublika) soliqlari va 5 ta mahalliy soliqlar kiradi.
3
Поляк, Г. Б. Налоги и налогообложение. Учебник. — Москва : Издательство Юрайт, 2013, 63-с.