9
tovarlarlar va xizmatlar tannarxiga, ularning sotilish bahosi ko‗tarilishiga,
raqobatbardoshliligi pasayishiga olib keladi, shuningdek korxonalar moliyaviy
resurslari qisqarishini keltirib chiqaradi. Nobudjet davlat jamg‗armalarini ham
qo‗shib hisoblanadigan jamlanma budjet daromadlarining YaIMdagi ulushi sifatida
aniqlanadigan soliq yukining ham kamayishini kuzatishimiz mumkin. 2001-2017
yillar davomida iqtisodiyotga umumiy soliq yuki 40 foizdan 29 foizgacha
pasaytirildi.
Iqtisodiyotga
soliq
yukining
pasaytirilishi
korxonalarning
moliyaviy
resurslarining ko‗payishiga olib keldi. ― Bu o‗z navbatida investitsiyalarnig
ko‗payishi, korxonalarning aylanma mablag‗larini to‗ldirish, ishchi va
xizmatchilarning ish haqi va daromadlarini oshirish uchun qo‗shimcha manba bo‗lib
xizmat qilmoqda.
2014 yilda yuridik shaxslar daromadiga solinadigan soliq stavkasi 8.5% dan
8%ga, kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona ijtimoiy to‘lov 25% dan
15%ga pasaytirildi.
Natijada iqtisodiyotga davlat budjeti daromadlari bo‗yicha hisoblanadigan soliq
yuki 20, 6 % gacha pasaydi.
Bu yillar davomida soliq yukining pasayishi soliq stavkalarining kamaytirilishi
bilan birga investorlar va tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari ro‗yxatining
kengaytirilishiorqali ro‗y berdi. Tahlil qilinayotgan davrda to‗g‗ri soliqlarning
YaIMdagi ulushi 7,5 % (2000 y) dan 3,8 % (2018 y.) gacha pasaydi.
Mol-mulk solig‗i va resurs to‗lovlarining YaIMdagi va yalpi soliq
tushumlaridagi ulushi kamayib borganligini ta‘kidlash lozim. Bu soliqlarning
YaIMdagi ulushi 2010 yilda 3,4 %ni, 2018 yilda 3,1 %ni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: