10
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, investitsiyalarni
va tadbirkorlik faoliyatini
rag‗batlntirish uchun soliq imtiyozlarini joriy etish, soliq stavkalarini kamaytirish
natijasida soliq bazasi kengaydi, oqibatda budjetga soliq tushumlari ko‗padi,
daromadlar tarkibida ijobiy siljishlar ro‗y berdi.
8.1-rasm. Soliq yuki dinamikasi
6
Keyingi yillardagi soliq siyosatining asosiy yo‗nalishlarida
soliq yukini
muntazam kamaytirib borish tendensiyasi kuzatilib kelinmoqda, o‗z navbatida ushbu
holat 2017 yilda ham kuzatildi va iqtisodiyotga ijobiy ta‘sir etdi.
8.1-rasm ma‘lumotlaridan ko‗rinadiki, soliq yuki darajasi Respublikamizda
izchillik bilan kamayib bormoqda. Agar ushbu ko‗rsatkich 2000 yilda YaIMga
nisbatan soliq yuki 28,0%ni tashkil etgan bo‗lsa, 2008 yilga kelib 4,8 punktga
(23,5%), 2014 yilda esa 8,0 punktga kamaydi va 2018
yilda YaIMga nisbatan
19,4%ni tashkil etdi.
Izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini
kamaytirishga
qaratilgan
oqilona
soliq
siyosati
iqtisodiyotdagi
tarkibiy
o‗zgarishlarga, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning ishbilarmonlik faolligi va
moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o‗zgarishlarni e‘tiborga
olgan holda
kamaytirib borish o‗z samarasini berdi. Milliy bozorni mahalliy tovarlar (xizmat,
ish)lar bilan to‗yintirayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, ichki va tashqi
investitsiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilayotgan,
shuningdek, kichik biznes
sub‘ektlari shaklidagi soliq to‗lovchilarga soliq imtiyozlarining kengaytirilishiga
qaramasdan yalpi ichki mahsulot va davlat budjetining daromadlar hajmida yil sayin
o‗sish ta‘minlanmoqda. Soliq yukining kamayishi nafaqat umumiy hajmda,
shuningdek, uning tarkibi bo‗yicha ham kamayishga erishildi.
Dostları ilə paylaş: