8.2-jadval O‘zbekiston Respublikasida soliqlar tizimi tarkibi Umumdavlat soliqlari. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar 1.
Yuridik
shaxslar
daromadiga
(foydasiga) soliq.
2. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq.
3. Qo‗shilgan qiymat solig‗i.
4. Aksiz solig‗i.
5. Yer osti boyliklaridan foydalanish
solig‗i.
6. Suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq.
7. Bojxona boji.
8. Davlat boji.
9. Boshqa Boshqa to‗lovlar.
1. Mol-mulk solig‗i.
2. Yer solig‗i.
3. Yagona soliq.
4.
Jismoniy
shaxslardan
transport
vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va
suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq
5. Boshqa to‗lovlar.
Soliqlarni ob‘ekti va iqtisodiy mohiyati bo‗yicha guruhlanadi. Soliqlarni
guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta‘sirlarni o‗rganishning ilmiy va amaliy
uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish ob‘ektiga karab to‗rt guruhga bulinadi:
-oborotdan olinadigan soliqlar;
-daromaddan olinadigan soliqlar;
-mol-mulk kiymatidan olinadigan soliqlar;
-yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‗i, aksiz solig‗i, bojxona
va yer osti boyliklari kiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma)
tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‗yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi
oborotidan emas, balki maxsulotlarni yuklab yuborgan kiymat bilan ulchanadi Yalpi
tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.
Daromaddan
olinadigan
soliqlarga
huquqiy
shaxslarning
daromadiga
(foydasiga),
jismoniy
shaxslarning
daromadiga
solinadigan
soliq,
savdo
tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar i kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig‗i ham kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‗i, ekologiya,
avtomobil mashinalarini qayta sotish solig‗i va boshqalar kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishlok xo‗jalik tovar ishlab
chikaruvchilarning yagona yer solig‗i va yuridik (noqishloqxo‗jalik) va jismoniy
shaaxslarning yer soliqlari kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga karab soliqlar egri va to‗g‗ri soliqlarga yoki bevosita va
bilvosta bulinadi.