8-ma’ruza mashg`uloti Mavzu: Termodinamika qonunlari. Reja: Erkinlik darajasi bo’yicha energiya taqsimoti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə8/10
tarix23.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#134522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
61a1f838889757.24184907

Ishni bajarish tartibi
1). T0 temperatura va р0 bosim qiymatlari oldindan berilgan bo’ladi. Sekundomerning o’lchash hatoligi ( t) ni hisobga olmaymiz chunki bu termodinamik jarayonlar juda sekin boradi. Manometr ustunlaridagi suyuqlik balandligidagi hatolik ( h) hisobotga talaba tomonidan o’lchab yozib qo’yiladi.
2) Klapanlarni boshlang’ich holatga keltiring:

  • 1-klapan , Ballonni atmosfera bilan tutashtiradi – yopiq.

  • 2-klapan , Ballonni kompressor bilan tutashtiradi – yopiq.

  • 3-klapan, Ballonni manometr bilan tutashtiradi - ochiq.

Klapanni ochish yoki yopish uchun uning ustiga sichqoncha bilan bosish kerak.
3) Nasosning old tomonidagi «сеть» tugmachasiga sichqoncha bilan bosing va kompressorni ishga tushiring.
4) Ballonni kompressor bilan tutashtiruvchi 2-klapanni oching va suvli manometr orqali ballonda bosim ortishini kuzating. h'o’ng - h'chap=(60 70)sm bo’lgunicha ballonga havo damlang.
5) 2-klapanni yoping so’ngra nasosni o’chiring. Bilingki agar nasosni 2-klapanni yopmay turib o’chirsak nasos orqali havo chiqib ketganligi sababli ballondagi bosim asta sekinlik bilan pasayadi.
6) Ballondagi harorat hona harorati bilan tenglashishini kuting. Bunda bosim pasayadi ammo uning qiymati р' dan yuqori bo’lishi kerak. Aks holda ballonga yana ozroq havo damlang.
7) Bosimni kerakli qiymatgacha pasaytirish uchun 2-klapanni oching. Havo nasos orqali ballonni tark etadi va bosim asta sekin pasayadi. Manometrni diqqat bilan kuzatib turing: bosim kerakli qiymatgacha pasaygach 2-klapanni yoping. Manometr ko’rsatkichlarini h1 maydoniga kiritib qo’ying.
8) 1-klapanni t vaqtga oching va so’ngra yoping. t ning tavsiya etilgan qiymatlari: 2 sek; 4 sek; 6 sek; 8 sek 10 sek. O’tgan vaqt sekundomerda ko’rinib turadi. Klapan ochiq turgan t vaqtni kerakli maydonga kiritib qo’ying.
9) Ballondagi temperatura hona temperaturasi bilan tenglashishini kuting. Manometrning h2 ko’rsatkichini kerakli maydonga kiriting va "Добавить в отчет" tugmachasini bosing.
10) 1-klapanni oching.
Boshlang’ich bosimni o’zgartirmasdan turli vaqt t qiymatlari uchun tajribani kamida 5 marta takrorlang.
So’ngra dasturning asosiy menyusidan "Отчет" tugmachasini bosing va hosil bo’lgan hisobot formasini to’ldiring. Asosiy menyudagi "Файл | Сохранить отчет" punkti yordamida hisobotni saqlab qo’ying .

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin