Havo uchun molyar issiqlik sig’imlari
Ishning maqsadi – Havo uchun Adiabata ko’rsatkichi ni aniqlash
Asosiy nazariy ma’lumotlar
Issiqlik almashinuvisiz boruvchi termodinamik jarayon – Adiabatik jarayon deyiladi. PV koordinata o’qlarida adibatik jarayon tenglamasini keltirib chiqaramiz.
Quyidagi formula istalgan termodinamik jarayon uchun qo’llanilishi mumkin.
(1)
Bu yerda - sistemaga berilgan o’ta kichik issiqlik miqdori; - Ichki energiyaning o’ta kichik o’zgarishi; - Shu termodinamik jarayonda bajarilgan juda kichik ish.
Adiabatik jarayon uchun (1) munosabat quyidagi ko’rinishga keladi:
(2)
Demak ideal gaz uchun:
(3)
(4)
Bu yerda - modda miqdori; - O’zgarmas hajmdagi molyar issiqlik sig’imi; p - bosim; dT va dV – mos ravishda temperatura va hajmning o’ta kichik o’zgarishlari. (3) va (4)ni (2)ga qo’yib
(5) ni hosil qilamiz.
Ideal gaz Mendeleev-Klapeyron tenglamasiga bo’ysinadi:
Bu tenglamani differensiallab dP, dV и dT lar orasidagi bog’lanishni topamiz:
(4) va ( 6) dan
(7) ga ega bo’lamiz.
(7) ni (5) ga qo’yib adiabatik jarayonda hajm va bosim bog’lanishining differensial tenglamasini hosil qilamiz:
. (8)
- Ideal gazning doimiy bosimdagi molyar issiqlik sig’imi ekanligini hisobga olsak (8) dan
ni hosil qilamiz (9).
Ma’lumki Ideal gazning molyar issiqlik sig’imlari: Cp va Cv faqatgina molekulalarning erkinlik darajasi i ga bog’liq bo’ladi:
(10)
Tajriba dasturi va asosiy qurilmasining umumiy tuzilishi:
T ajriba qurilmasining asosiy qismlari bu: (1а rasmga qarang) havo bilan to’latilgan Б ballon, ; suyuqlikli (suvli) manometr М va kompressor (u ballonga ulangan, 1а rasmda ko’rsatilmagan,1б rasmda nasos). 1-klapan( К1) ballonni atmosfera bilan birlashtiradi. 1-klapanning ko’ndalang kesimi juda katta. U ochilganda ballonda tezlik bilan atmosfera bosimi hosil bo’ladi. Bosimning bu tezkor o’zgarishi tashqi muhit bilan deyarli issiqlik almashmasdan yuz beradi va bu jarayonni adiabatik jarayon deb atash mumkin.. 2-klapan yordamida (К2) ballon uni havo bilan to’ldiruvchi kompressor bilan bog’lanishi mumkin.
1а rasm
Dostları ilə paylaş: |