8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja


Global muammolarning mohiyati



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix20.06.2022
ölçüsü415,27 Kb.
#61916
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
№8-Mavzu - uz (1)

Global muammolarning mohiyati. «Hozirgi davrning global muammolari»
tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan
beri ilmiy va siyosiy muomala (leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam o‘rin
oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan
qo‘llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy
ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning 
ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish 
mumkin. 
Falsafada bu vazifani echish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo‘lib, ularga
muvofiq u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday
xususiyatga ega bo‘lmagan boshqa ko‘p sonli muammolardan farqlanadi. 
Etimologik jihatdan «global» atamasi, «globallashuv» atamasi kabi, er kurrasi bilan 
bog‘liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham,
dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bo‘lgan, ya’ni
umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham «global» deb nomlash
odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim ob’ektiv 
omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga sezilarli darajada 
ta’sir ko‘rsatadi. Ularni echish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini
xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning
echilmay qolishi butun insoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. 
Muammolarning turli darajalari. Global muammolar butun dunyogagina tegishli 
bo‘lmay, uning mintaqalari va hatto ayrim mamlakatlar darajasida namoyon bo‘lgani
bois, ilmiy adabiyotlarda ularning umuminsoniy ahamiyatini tan olish bilan bir
qatorda, ularni mohiyati o‘zgacha, ta’sir doirasi esa torroq bo‘lgan ayrim,
mahalliy, mintaqaviy muammolardan farqlash ham amalga oshiriladi. Turli
darajadagi muammolarni «umumiylik», «xususiylik» va «yakkalik» falsafiy 
kategoriyalarining muayyan ifodasi sifatida o‘rganar ekanlar, ularni odatda shunday 
talqin qiladilarki, xususiy muammolar ayrim muammolar sifatida, mahalliy va 
mintaqaviy muammolar – xususiy muammolar sifatida, global muammolar esa – 
umumiy muammolar sifatida amal qiladi. Zikr etilgan muammolarni farqlash zamirida 
yotuvchi asosiy mezonham ayni shu yondashuvni belgilaydi. U geografik deb ataladi, 
chunki makon omilini yoki, boshqacha aytganda, muayyan muammolar mavjud
hududni aks ettiradi. 
Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan 
punktlarga yoki kichik tabiiy ob’ektlarga tegishli bo‘lgan muammolardir. Bular,
odatda, turli avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga keladigan har xil
muammolar, mahalliy ijtimoiy konfliktlar vash.k. 
Mahalliy muammolar tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq
aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga
tegishli bo‘lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda kuchli
zilzilalar, yirik su vtoshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi
nazarda tutiladi. 
Milliy muammolar tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan
muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma’lum qiyinchiliklari, g‘am-
tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy
muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin. 
Mintaqaviy muammolar ayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy
hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini
qamrab oladi. Bunday muammolarga SHarqiy Evropaning bir necha mamlakatlari


hududi radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan CHernobil fojiasi yoki bir qator
davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz bergan iqlim o‘zgarishlari misol 
bo‘lishi mumkin. Masalan, 1968 yilda Saxel mintaqasida yuz bergan qurg‘oqchilik
«asr falokati» degan nom oldi. U Afrika qit’asining 18 davlatini qamrab oldi,
bunda ocharchilik natijasida 250 mingdan ko‘proq odam halok bo‘ldi, taxminan 18 
million bosh qoramol nobud bo‘ldi, xavfli kasalliklarning epidemiyalari yuzaga keldi,
bu ulkan mintaqa hududi esa deyarli to‘la sahroga aylandi. 
Global muammolar butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita
yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er ostibo‘shliqlari, atmosfera,
gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi 
bilan izohlanadi. 
SHunday qilib, global muammolar to‘g‘risida so‘z yuritilganda butun sayyora
nazarda tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul qilinadi. 
Bunda mintaqalar soni va ularning miqyosi ko‘rib chiqilayotgan muammolar
xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, dunyo miqyosidagi iqtisodiy qoloqlik
muammosini tadqiq etishda odatda butun sayyorani ikki mintaqa – rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratish bilan kifoyalaniladi. Demografik, energetik 
muammolar yoki xomashyo muammolarini o‘rganishda esa, mintaqalar soni
ko‘payadi va har safar tadqiqotning muayyan maqsadlari bilan belgilanadi. 
Bunda shuni qayd etish lozimki, har qanday muammo sayyoraning istalgan 
mintaqasiga nisbatan muhim sanalgan, ya’ni ularning har birida namoyon bo‘lgan 
holdagina global deb hisoblanishi mumkin. Aks holda biryoki bir necha mintaqalarning
muammolari (yoki bundan ham kichikroq miqyosdagi muammolar) to‘g‘risida so‘z 
yuritiladi. 
Bundan barcha global muammolar ayni vaqtda mintaqaviy ahamiyat ham kasb etadi,
lekin mintaqaviy darajada aniqlangan barcha muammolar ham global
bo‘lavermaydi, degan xulosa kelib chiqadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, global
muammolar soni kamroq bo‘ladi. Boshqa darajalarga kelsak, global muammolar
bevosita mahalliy yoki xususiy ko‘rinishga ega bo‘lmasligi yoki bu erda uncha 
sezilmasligi mumkin. 
Masalan, Antarktidada yoki sayyoramizning atrof muhiti floslanadigan asosiy 
markazlari va manbalaridan ancha uzoqda joylashgan boshqa burchaklarida havo yoki 
suv havzalarining holati qoniqarli bo‘lishi, tabiiy muhitga antropogen ta’sir esa deyarli 
sezilmasligi mumkin. SHunga qaramay bu keskinlik darajasi tabiiy muhitga
antropogen ta’sirning notekisligiga bog‘liq bo‘ladigan ekologik muammoning
global xususiyatiga shak-shubha tug‘dirmaydi. O‘z navbatida, barcha mahalliy yoki
xususiy muammolar global muammolar bilan bog‘lanavermaydi, zero ularning soni 
taqqoslab bo‘lmaydigan darajada ko‘proqdir. 
Keltirilgan mulohaza global va mintaqaviy muammolarni nafaqat ilmiy balki, 
amaliy jihatdan ham farqlash imkonini beradi, chunki barcha global muammolar o‘z 
miqyosida o‘zgarmaydigan yagona tizim – butun sayyoraga tegishlidir. SHu sababli 
mazkur tizim uchun ularning soni ma’lum tarixiy bosqichda muayyan hisoblanadi.
Ayni vaqtda boshqa darajadagi muammolar sonining aniq hisobini yuritish mumkin
emas, zero mintaqalarning va turli hududlarning chegaralari tadqiqotning maqsad va 
vazifalariga qarab shartli olinadi. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin