8-mavzu. YaSsi va barabanli sim g‘alvirlar reja


–rasm. Barabanli sim g‘alvir



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə12/16
tarix28.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#168482
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1–rasm. Barabanli sim g‘alvir.

Baraban tasmali uzatma orqali elektrodvigateldan va bir juft tishli konussimon g‘ildirak yoki reduktor orqali elektrodvigateldan aylanishi keltiriladi. Asosiy barabanga konsentrikli (bitta umumiy markazga ega bo‘lgan) nisbat bo‘yicha yuklanishi tomonidan unga egilgan to‘r bilan ikkinchi baraban (2) o‘rnatilgan. Ikkinchi baraban saralashga tushayotgan hamma material boshida tashqi barabanning elak chidamliligini oshirib, mustahkamli g‘alvirga berilishi uchun kerak.


Rolikli tayanchlar barabanning umumiy uzunligi 4,5 dan 12 m gacha bo‘lganda, silindrlar diametri 900 dan 2000 mm gacha bo‘lgan og‘ir va katta barabanli sim g‘alvirlar uchun qo‘llaniladi. Yengilroq mashinalar markaziy val bilan quriladi, unga baraban karkasini ushlab turuvchilar qotiriladi.
Barabanli sim g‘alvirlar 70 gacha qiyalik bilan o‘rnatiladi.
Ko‘p qirrali barabanli sim g‘alvirlarni ko‘pincha burg‘ilar deb ataladi (2–rasm). Ular kukunli yaxlit gil tuproq, kvars, shpat (silikatlar jinsiga mansub mineral), shamot (olovda pishirilgan oq loy) va boshqa materiallarni elanishi uchun ishlatiladi. Burg‘ilar elakga (1) ega va zarb bilan energiyali elanishni ta’minlaydi.


2–rasm. Ko‘p qirrali barabanli sim g‘alvir.

Tashqi to‘ldirgich bilan barabanli sim g‘alvir suyuq keramikli bo‘tqa suzgichdan o‘tkazish uchun qo‘llaniladi. Bunday sim g‘alvirning (3–rasm) ikki yonlari tagi (2) mahkamlangan val (1) ko‘rinishiga ega, uning aylanasi bo‘yicha ugolniklarga to‘qilgan misli elak (3) tortiladi.




3–rasm. Tashqi to‘ldirgich bilan barabanli sim g‘alvir.

Markaziy valga spiralli parraklari bilan (5) bronzali maydon o‘qi (4) o‘tkazilgan, ular chap tagiga joylashgan markaziy chiqish teshiklariga tortilgan. Baraban suyuq keramikli bo‘tqa bilan to‘ldirilgan rezervuar (6, suyuqlik saqlanadigan idish) ustiga o‘rnatiladi. Barabanning pastki qismi 1/5 diametri suyuq bo‘tqaga botirilgan. Barabanning aylanishida bo‘tqa elakga teshik orqali uning ichiga tushadi va spiralli parraklari bilan ushlab olinib, chiqish teshigiga (7) yo‘llanadi. Elakning katakchalari orasidan o‘tmagan materialning yirik bo‘laklari rezervuar tubida cho‘kadi va keyin davriy chiqib ketadi.


Suyuq keramikli bo‘tqani suzgichdan o‘tkazish uchun barabanli sim g‘alvir barabanining umumiy uzunligi 500 dan 3000 mm gacha bo‘lganda, uning diametri 700 dan 1200 mm gacha bo‘ladi. Suzgichdan o‘tkazilgan bo‘tqalarning ishlab chiqarish samaradorligi 2,5 dan 8 m3/s gacha. Quvvat sarfi 0,4 dan 2 l. sek. gacha o‘zgaradi.




  1. Yüklə 2,92 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin