Barabanli sim g‘alvirlarning ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash
Barabanning o‘qi β burchak ostida gorizontga qiyalanganda, material sil g‘alvir bo‘ylab siljiydi. 2–rasm, a chizmada ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha baraban aylanishida, A nuqtada joylashgan material bo‘lagi, α aniqlanadigan burchakda B nuqtagacha ko‘tariladi, undan so‘ng vertikal tekislik burchagi γ bilan tashkil etuvchi eng katta qiyalik chizig‘i bo‘yicha A1 nuqtada bo‘lak sirg‘anishi boshlanadi. Baraban qiyaligi kichik burchagi β va α burchagi 450 ga teng bo‘lganda, γ=β deb taxminan qabul qilish mumkin. Barabanning keyinchalik aylanishida material bo‘lagi A1 dan B1 nuqtagacha ko‘tariladi va xuddi shunday ABA1B1 vintli chiziq bo‘yicha harakatlanib, barabanning oxiri chiqishiga siljigan bo‘ladi. Vintli chiziq ko‘tarilish burchagi Θ quyidagiga teng bo‘ladi:
Θ = γ + β = 2β . (9)
G‘alvir vintli chiziq bilan birgalikda silindrli yuza tekisligida burilganda to‘g‘ri uchburchak ABVG ni olamiz (2–rasm, b chizma), uning bir tomoni AV=VG=L, ya’ni baraban uzunligiga teng, ikkinchi tomoni esa AG=BV=2πRn ga teng, bu yerda n – kesmasi vaqtida baraban aylanishi soni, bu oqimda vintli chiziq bo‘ylab harakatlanuvchi material bo‘lagi barabanning hamma uzunligini o‘tib chiqadi.
Material bo‘lagining yurish uzunligi S quyidagiga teng bo‘ladi: S = L / sin Θ = L / sin 2β . (10)
Material bo‘lagi bir sekunda baraban aylanasi bo‘yicha yo‘lini o‘tib chiqadi, baraban o‘qi bo‘yicha bo‘lak yo‘li unga muvofiq bo‘ladi:
l = υ tg 2β . (11)
2–rasm. Barabanli sim g‘alvirlarning ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash sxemasi.
Bo‘lak bir sekunda o‘tib chiqadigan yo‘l l kattaligi baraban bo‘ylamasiga bo‘lak harakatining o‘rtacha tezligi υ0 muvofiq bo‘ladi:
υ0 = l = υ tg 2β . (12)
υ ni 2πRn ifoda bilan almashtirsak, quyidagini olamiz:
υ0 = 2πRn tg 2β = 6,28·Rn tg 2β m/sek, (13)
Barabanli sim g‘alvirning ishlab chiqarish samaradorligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Q = 3600 υ0F1 γhaj. kg/s, (14)
bu yerda: F1 – sim g‘alvirda mavjud bo‘lgan material qatlami kesimi yuzasi, m2;
γhaj. – materialning hajmiy og‘irligi, kg/m3;
Materialning kesim yuzasini F1 taxminan quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin (2–rasm, v chizma):
F1 = 2/3·ah , (15)
bu yerda: h – material qatlamining balandligi, m.
2–rasm, v chizma bo‘yicha quyidagini topamiz:
a/2 = √R2 – (R – h)2 = √2Rh – h2 , (16)
h2 kattalikga ahamiyat berilmasa, unda quyidagini olamiz:
a = 2√2Rh . (17)
(14) formulaga tegishli qo‘yish va o‘zgartirishlardan so‘ng, quyidagini olamiz:
Q = 43200 γhaj. n tg 2β · √ R3 h3, (18)
bu yerda: R va h – m da, γhaj. – t/m3 da, n – ayl/sek da.
Dostları ilə paylaş: |