8-mavzu. YaSsi va barabanli sim g‘alvirlar reja


Tebranuvchi sim g‘alvirlar



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə6/16
tarix28.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#168482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Tebranuvchi sim g‘alvirlar

Tebranuvchi sim g‘alvirlar (groxot) giratsion (markazi siljigan, ekssentrik), inersiyali va elektromagnitliga bo‘linadi.




Aylana g‘ildirashli (tebranishli) giratsion sim g‘alvirlar
Tez yuradigan ikki elakli giratsion (markazi siljigan) tebranuvchi sim g‘alvirning tipi quyida ko‘rsatilgan (1–rasm).
Materiallarni fraksiya (klass)larga bo‘linishi ularning qiya o‘rnatilgan elaklar bo‘yicha joylashuvida sodir bo‘ladi, ba’zilari savat (1) bilan vertikal tekislikda aylana tebranish sodir etadi. Markazi siljigan valdan (2) savat tebranishi xabar beradi, tebranadigan massaning aniq markaziy og‘irligida o‘tadi. Savat markaziy og‘irlikdan inersiya (jismlarning tashqi ta’sir bo‘lmasa, tinch yoki tekis harakatdagi holatini saqlash xususiyati) radiusi masofasida joylashgan to‘rt juftli silindrli prujinaga (3) tayanadi. Tebranadigan massa va materiallar markazdan qochmakuchlar inersiyalari ikki maxovik yordamida og‘irlikga qarshiligi bilan vazni tenglashtiriladi.


1–rasm. Ikki elakli giratsion tipdagi tebranuvchi sim g‘alvir chizmasi.

Tebranuvchi sim g‘alvirning uzatmasi elektrodvigateldan (4) pona tasmali o‘tkazish (harakatni mashinaning bir qismidan boshqa qismiga o‘tkazuvchi mexanizm) orqali amalga oshiriladi. Qo‘zg‘almaydigan ramaga (5) savat o‘rnatiladi, ba’zilari osti prujinaga o‘xshash cho‘ziluvchan osma (6) vositasi orqali metalli konstruksiyaga yoki to‘sin yopmasiga, biroq alohida aniq muvozanatli sistemalar sharoiti bo‘yicha mahkamlanadi.


Ko‘rib chiqilayotgan ikki elakli giratsion tipdagi sim g‘alvirni poydevorga o‘rnatish mumkin. Qo‘zg‘almaydigan ramaga uzatmali val (2) rolikli podshipnik (7) va silindrli prujina (3) korpuslari o‘rnatiladi. Savatda maxsus ishg‘ol qiluvchi yordami bilan ikki qavat (yarus)li elak, ko‘zda tutiladigan taqsimlanish yirikdan maydaga, yuqori elak pastkidan katta yirik teshikli bo‘lganligi sababli o‘rnatiladi. Yuqori va xuddi shunday pastki elaklar teshiklari tomonlari bo‘ylab o‘zaro mos kvadrat (tomonlariteng to‘g‘ri to‘rtburchak) 55, 80, 90 va 26, 35, 42 mm bo‘ladi. Savatning yon tomonidagi devorlariga to‘rtta kronshteyn (8) qotiriladi, uning vositasida rama prujinaga tayanadi. Kronshteynning o‘rta qismida ishga tushirish va sim g‘alvirni to‘xtashida yuzaga keladigan rezonansli (tebranishlar chastotasi mos kelgan jismlardan birining boshqasi ta’sirida tebranma harakatga kelishi yoki tebranish amplitudasining keskin kuchayishi) tebranishni so‘ndirish uchun xizmat qiluvchi rezinali dempfer (tebranishni pasaytiruvchi yoki yutuvchi asbob, qurilma) lar (9) o‘rnatilgan. Osmalar (6) buralib tortilgan bo‘ladi, uning yordami bilan elaklanadigan ustki yuzasi talab etadigan qiyalik burchagini yengil o‘rnatish mumkin.
Yuklanishni oqishi elak maydonining eng ko‘p to‘liq ishlatilishi va uning yeyilishi teng me’yorlanmaganligini ogohlantirishini ta’minlash maqsadi uchun yuqori elakda uning barcha eni bo‘yicha materialni berilishini teng me’yorda ta’minlanishi zarur.
Rolikli podshipnikga (2) markazi siljigan (ekssentrik) valni (1) yig‘ilgandagi o‘rnatilgan holati 2–rasmda ko‘rsatilgan. Valning markazi siljigan qismida rolikli podshipniklarning (3) ikkinchi juftligi o‘rnashtirilgan. Podshipniklar korpuslarga (3) maxsus uchburchakli metall plastinka (kosinka) yordamida sim g‘alvirning savati osib tortib qo‘yiladi. Valning (1) aylanishida (elektrodvigateldan pona tasmali uzatma orqali) rolikli podshipniklarning (3) korpuslari aylanma traektoriya (aylanishisiz) bo‘yicha joylari o‘zgaradi, ular bilan birgalikda xuddi shunday aylanma traektoriya bo‘yicha elaklar bilan savat harakatlanadi. Val changlar va unga trubadagi materiallar bo‘laklarining zarbasidan himoyalangan.
Podshipniklar tayanchlari (2) tebranishini yo‘qotish va ular bilan birga bog‘langan qo‘zg‘almas ramalar chaqiradigan markazdan qochma kuchlar inersiyasi uchun og‘irlikga qarshilik bilan valga ikkita maxovik (4) o‘rnatiladi. Og‘irlik og‘irlikga qarshiligi tebranadigan massaning markazdan qochma kuch inersiyasi og‘irlikga qarshiligi bilan maxoviklarning markazdan qochma kuch inersiyasi vazni tenglashtirilib, quyidagicha boshlanishida aniqlangan bo‘lishi kerak:





Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin