8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


Qon odamda tana massasining o’rtacha 7% ini tashkil qiladi. Agar Sardorning og’irligi 48 kg bo’lsa, undagi qon miqdorini aniqlang ?



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə18/37
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90194
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

3.Qon odamda tana massasining o’rtacha 7% ini tashkil qiladi. Agar Sardorning og’irligi 48 kg bo’lsa, undagi qon miqdorini aniqlang ?
X=(48*7)/100=3.36l


17–bilet
1. Ko’rish organlarining funksiyasi
Ko‘z - yoruglik ta’siri ni sezadigan ko‘rish organi bolib, ko'rish analizatorining periferik qismi hisoblanadi. Ko‘rish organi ko'z soqqasi va qo‘shimcha organlar: qovoqlar, kipriklar, ko‘z muskullari va yosh bezlaridan iborat (80-rasm). Ko‘z soqqasi sharsimon shaklda bolib, ko‘z kosasi ichida joylashgan. Ko‘z kosasi ichki yuzasidan ko‘z soqqasi sirtiga ko‘zni harakatlantiruvchi muskullar chiqadi. Ko‘z soqqasi tig‘iz oqsil parda bilan qoplangan (81-rasm). Oqsil parda ko‘zni mexanik va kimyoviy ta’sirdan, mikroorganizmlar va begona moddalardan himoya qiladi. Oqsil pardaning ko‘z oldida joylashgan qismi shaffof bolib, shoxsimon parda, qolgan qismi esa sklera deyiladi. Shoxsimon parda yoruglikni yaxshi o‘tkazadi. Xira oqish rangli sklera yoruglikni o‘tkazmaydi. Shoxsimon qavatda juda ko£p retseptorlar joylashgan. Ular qo‘zg‘alganida qovoq yumilishi yoki pirpirashi, ko'zdan yosh oqishi kabi himoya reflekslari paydo boladi.


2.Odamning nutq va fikrlash qobiliyati qanday rivojlanadi?
So‘z vositasida odam faqat predmetlar yoki ularning belgi va xususiyatlarini umumlashtirib qolmasdan, tabiatda sodir bo'lib turadigan voqea va hodisalarni, o‘zining his-tuyg‘ularini ifodalaydi. Odam so‘zlar orqali fikrlaydi, So'zlar odamga abstrakt, ya’ni narsa va hodisalarning o‘zi bo‘lmasa ham ular to‘g‘nsida fikrlashga imkon beradi, Odamning nutq qobiliyati chaqaloqlik davridayoq rivojlangan bo'ladi. Lekin bola odamlardan ajralib qolganida uning gapirish qobiliyati namoyon bo'lmaydi. Bola 5-6 yoshgacha gapirishga o‘rganmasa nutq markazi funksiyasi pasayib, bola aqliy rivojlanishdan orqada qoladi.
Odam nutqining shakllanishi bosh miyaning bir qancha qismlari bilan bog‘liq. Odam og‘zaki nutqining shakllanishi chap miya yarimsharlarining peshana qismi, yozma nutqi esa chap yarimsharlar peshana va ensa qismi bilan bog‘liq. 0‘ng va chap yarimsharlar simmetrik qismlarini bog‘lab turuvchi nerv tolalari har ikkala yanmsharning o‘zaro muvofiqlashib ishlashi ni ta’minlaydi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin