3.Bir daqiqada odam atmosferadan 250-300 ml kislorod qabul qiladi. Bir kecha –kunduzda qancha kislorod qabul qilishini hisoblab toping? Bir kecha kunuz 24 soatdan iborat. Ya`ni 1440 daqiqa . shundan kelib chiqib 1440*250=360000 1440*300=432000. Demak bir kecha kunduzda odam atmosferadan 360000-432000 ml kislorod qabul qiladi.
14–bilet 1. Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi Bosh miya nerv sistemasining markaziy bolimi organizmning barcha funk- siyalarini boshqarib turadi. Odam organizmining oliy nerv faoliyati ham bosh miyaning funksiyasi bilan bog'liq. Bosh miyaning vazni katta yoshda 10201970 g, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda - 450 g keladi. Keksalikda miya vazni biroz kamayadi. 20 yoshgacha odam miyasi hajmi 3,5-4 marta, tana vazni esa 20 marta ortadi. Miyaning og‘irligi nervlarning miyelin qobiq bilan qoplanishi, qobiqning qalinlashuvi va nerv hujayralarining yiriklashuvi hisobidan ortadi. Bosh miya 100 mlrd. dan ortiq neyronlardan iborat. Tuzilishi. Bosh miya kalla qutisi ichida joylashgan bo‘lib, u ikki qismdan: bosh miyaning stvoli (ustun) va bosh miya katta yarimsharlaridan iborat, Bosh miyaning stvol qismi uzunchoq miya, miya ko'prigi, miyacha, o‘rta miya, oraliq miyadan iborat (67-rasm). Bosh miyaning uzunchoq miya, o‘rta miya, oraliq miya bolimlarida kulrang modda ayrim donachalar shaklida oq modda ichida joylashgan. Miyacha, miya ko‘prigi va miya katta yarimsharlarida esa kulrang modda oq moddani o‘rab turadigan po‘stloq hosil qiladi. 2.Organizmda jigar qanday vazifani bajaradi? . Jigar qorin bo'shlig'i yuqori qismida, o'ng tomonda, qovurg'a yoyi ostida joylashgan. Jigar hujayralari o't suyuqligi ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik o't pufagida to'plamb, maxsus naycha orqali o'n ikki barmoq ichak bo'shlig'iga chiqariladi. O't suyuqligi yog'larni emulsiyalab, hazm bo'lishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, jigar organizmni turli xil zaharli moddalardan himoya qiladi. Jigar qonni filtrlab, oziq moddalar bilan qonga so'riladigan zaharli moddalardan tozalaydi. 3.Berilgan rasm yordamida terining tuzilishini tushuntirib bering? terining ahamiyati. Ten tanani tashqi tomondan qoplab turadi va himoya, termoregulatsiya, nafas olish, ayirish, tuyg‘u funksiyasini bajaradi. Teri organizmni ortiqcha suv yo‘qotishdan va mexanik ta’sirdan saqlaydi, kasallik tug‘di- ruvchi mikroorganizmlardan himoya qiladi. Teri bezlari ter va yogc ishlab chiqaradi. Mo'tadil sharoitda ter bezlari orqali bir sutkada 500 ml suv va unda erigan almashinuv mahsulotlari - mineral tuzlar ajraladi.Teri ultrabinafsha nurlar ta’sirida D vitaminini sintezlaydi, organizmda gaz almashinuvida ishtirok etadi. Organizm uchun zarur bo'lgan kislorodning 1 % i teri orqali o‘tadi, moddalar almashinuvida hosil bo‘ladigan karbonat angidridning 2 % i teri orqali chiqib ketadi. Katta yoshdagi odam terisining umumiy sathi 1,5—2 m3 ga yetadi. Terida bosim, og'riq va haroratga sezgir retseptorlar joylashgan.