2.Hissiyot va uning turlarini hamda sodir bo’lishini tushuntiring?Hissiyot, ya'ni his-tuyg‘u odamning atrof-muhitga va o'ziga bo'lgan mmosabatlaming ifodalcmishidan iborat.
Quyidagi rasmda qanday hujayra tasvirlangan? Uning qismlari hamda vazifasi haqida ma’lumot bering.
Nerv to'qimasi nerv hujayralari - neyronlar (63 -rasm) va ularni o‘rab turadigan mayda yoldosh neyrogliya hujayralardan iborat. Neyronlar - nerv sistemasining tuzilishi va funksional birligi hisoblanadi. Ular tashqi va ichki muhit ta’sirini nerv impulslariga aylantirish, uzatish va tahlil qilish xususiyatiga ega. Neyrogliya hujayralar neyronlarga nisbatan 10 baravar ko‘p bo‘lib, oziqlanish, tayanch va himoya funksiyasini bajaradi, neyronlarning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi. Neyronning tanasi, bitta uzun o‘simtasi - aksom (yun. aksos - o'simta) va shoxlangan kalta o‘simtalari — dendritlari boladi (yun. dendron - daraxt). Dendritlar orqali nerv impulslari nerv hujayrasi tanasiga uzatiladi. Har bir nerv hujayrasida bitta akson va bir nechta dendrit boladi. Akson bir necha o‘nlab santimetrga yetishi mumkin. Akson orqali nerv impulslari organlarga uzatiladi. Markaziy nerv sistemasida neyronlar o‘zaro tutashuv hosil qiladi. В unda bir neyronning aksoni ikkinchi neyron tanasi yoki dendritlari bilan tutashadi. Bunday tutashuv joylari sinaps (yun. sinapto - tutashish) deyiladi. Bitta neyron tanasida 1200-1800 ta sinaps boladi. Sinaps ikki qavat membranadan va ular orasidagi tirqishdan iborat. Nerv impulslari ta’sirida sinaps teshi- giga ozroq suyuqlik - mediator ajralib chiqadi. Mediator ta’sirida ikkinchi hujayra tanasida qo‘zg‘alish paydobo‘ladi. Shu tariqa nerv qo‘zg‘alishi bir neyrondan ikkinchisiga o‘tkaziladi. Akson oqish yog‘simon moddadan iborat miyelm qobiq bilan qoplangan. MiyeLinli ana shunday o‘siratalar to1 pi ami bosh miya va orqa miyaning oqish moddasini hosil qiladi. Neyronlarning kalta o‘simtalarida oqish qobiq bo‘lmasdan, ularning to2 pi ami kulrang tusga ega bo‘la