8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


Bir kech-kunduzgi ovqat ratsionini tuzish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə12/37
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90194
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

3. Bir kech-kunduzgi ovqat ratsionini tuzish. Zarur asbob va jihozlar: bolalar va o'smirlarning yoshiga qarab, ularga bir kecha-kunduzda zarur bo'lgan oqsil, yog', uglevodlar miqdori 1- va 2-jadvallarda ko'rsatilgan. Mashg'ulotni o'tkazish
1. O'qituvchi birinchi va ikkinchi jadvallarni batafsil tushuntiradi. Har qaysi o'quvchi o'z yoshini hisobga olgan holda birinchi jadvaldan foydalanib, bir kecha-kunduzgi ovqat ratsionida necha gramm oqsil.yog', uglevodlar va qancha kkal energiya bo'lishi kerakligini aniqlaydi.Ovqat ratsioniga kiradigan oqsil, yog', uglevodlar yuqorida ko'rsatilgan oziq mahsulotlari tarkibida necha grammdan bo'lishi 2- jadvaldan aniqlanadi.Bir kecha-kunduzgi ovqat ratsioniga kiritiladigan asosiy oziq mahsulotlarining miqdori (g
hisobida) va ulardan ajraladigan energiya (kkal hisobida) hisoblab chiqariladi.Aniqlangan natijalarni o'quvchilar daftarlariga yozib oladilar.Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi va energetik qiymati



Oziq
mahsulotlari

100 g mahsulotda

Mahsulotning energetik qiymati (kkal)

Oqsillar

Yog‘lar

Uglevodlar

Mol go'shti

20, 2

7,0

-

187

Tovuq go'shti

17,2

12,3

-

185

Baliq

16,0

0,7

-

72

Tuxum (1 dona)

12,5

12, 1

0,55

175

Tvorog

11.1

18,9

2,3

230

Pishloq

22,6

25,7

-

332

Oq non

6,7

0,7

50,3

240

Guruch

6,4

0,9

72,5

332

Makaron

9,3

0,8

70,9

336

No‘xat

19,8

2,2

50,8

310

Shakar

-

-

95,5

390

Kartoshka

2,4

0,22

19,5

62,5

Pomidor

0,5

-

4,0

18

Bodring

0,7

-

2,9

15

Ol
ma

0,3

-

10,8

45



11-bilet

  1. Odam skeletining tuzilishi

Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo‘lib, ulardan 85 tasi juft, 36 tasi toq va ular joylashishiga ko‘ra umurtqa pog‘onasi, bosh, tana, qo‘l va oyoq hamda ularning kamar skeletlariga ajratiladi Umurtqa pog‘onasi 33—34 ta umurtqalardan iborat. Har bir umurtqa tana, bir nechta o'simtalar va teshikdan iborat. Umurtqalar ustma-ust bir qator bo'lib joylashganida ularning teshigi o‘zaro tutashib, umurtqa pog'onasi nayini hosil qiladi. Bu nay ichida orqa miya joylashgan. Umurtqa pog‘onasining bo‘yin bo‘limi 7 ta, ko‘krak 12 ta, bel 5 ta, dumg‘aza o‘zaro harakatsiz tutashganta, dum 4-5 ta umurtqalardan iborat
Bosh skeleti 23 ta suyakning birikishidan hosil bo‘lib, u kalla va yuz qismlariga ajratiladi. Kalla skeleti bir juftdan tepa va chakka, bittadan peshana va ensa suyaklaridan, yuz skeleti bir juft- f, dan yuqori jag‘ va yonoq hamda bitta pastki jag‘
suyaklaridan iborat. krak qafasi skeletiga 12 ta umurtqa, 12 juft qovurg'alar va bitta to‘sh kiradi. Barcha qovurg'alarning keyingi uchi tananing orqa tomonida ko‘krak umurtqalariga birikkan. Ulardan chin qovurg'alar deb ataladigan oldingi 7 juft qovurg'alar bevosita oldindan to‘sh suyagiga birikadi yoki oldingi tomondan. Qolganjuft qovurg‘alardan 3 jufti tog‘ay orqali dastlab o'zaro tutashib, so‘ng yettinchi juft qovurg'alar tog‘aylari orqali to‘sh suyagiga birikadi. To‘sh suyagiga birikmagan oxirgi 2 juft qovurg‘a]ar yelim qovurg'alar deb ataladi. Qo‘l skeleti yelka, bilak, tirsak, kaftusti, kaft, panja va 2 juft yelka kamari (kurak, o‘mrov) suyaklaridan iborat. Yelka kamari qo‘lning erkin suyaklarini umurtqa pog'onasi- ning ko‘krak bo‘limi bilan tirtashtirib turadi.Oyoq skeleti son, tizza qopqog‘i, katta va kichik boldir, tovon, kaft va barmoq suyaklaridan iborat. Ikkita katta yassi chanoq suyaklari oyoq kamarini hosil qiladi.

  1. Organizmda korbonsuv (uglevod)lar almashinuvining o’ziga xos xususiyatlari

Karbonsuv (uglevod)lar almashinuvi. Uglevodlar miya, muskul va boshqa hujayralar uchun energiya manbai hisoblanadi. Ular parchalanganida karbonat angidrid va suv hosil bo‘lib, ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadiUglevodlar oddiy va murakkab bo‘ladi. Murakkab uglevodlar o‘nlab yoki yuzlab oddiy uglevodlar (masalan, glukoza)dan tashkil topgan. Murakkab uglevodlar ichakda oddiy uglevodlar (masalan, kraxmal glukoza)ga parchalanib, qonga so'riladi. Oshqozonosti bezi gormoni insulin qondagi ortiqcha glukozani hayvon kraxmali - glikogenga aylantiradi. Glikogen jigar va muskullarda zaxira holida to'planadi. 1 g uglevod kislorod ta’sirida parchalanganda 4,1 kkal energiya ajratadi. Qonda glukoza yetishmaganida glikogen oshqozonosti bezi ishlab chiqara- digan boshqa bir gormon - glukagon ta’sirida glukozagacha parchalanadi. Ana shu tarzda qonda glukoza miqdori doimiy (0,1—0,12 %) saqlanadi. Oshqozonosti bezi insulinni kam ishlab chiqara boshlaganida qonda glukoza ko'payib, qandli diabet kasalligi paydo bo‘ladi. Bu kasallikda qonda glukoza ko‘payib, uning bir qismi siydik orqali tashqariga chiqariladi. Shu sababdan kasallik qandli diabet deyiladi. Bu kasallikda Karbonsuv (uglevod)lar almashinuvi. Uglevodlar miya, muskul va boshqa hujayralar uchun energiya manbai hisoblanadi. Ular parchalanganida karbonat angidrid va suv hosil bo‘lib, ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi.Uglevodlar oddiy va murakkab bo‘ladi. Murakkab uglevodlar o‘nlab yoki yuzlab oddiy uglevodlar (masalan, glukoza)dan tashkil topgan. Murakkab uglevodlar ichakda oddiy uglevodlar (masalan, kraxmal glukoza)ga parchalanib, qonga so'riladi. Oshqozonosti bezi gormoni insulin qondagi ortiqcha glukozani hayvon kraxmali - glikogenga aylantiradi. Glikogen jigar va muskullarda zaxira holida to'planadi. 1 g uglevod kislorod ta’sirida parchalanganda 4,1 kkal energiya ajratadi. Qonda glukoza yetishmaganida glikogen oshqozonosti bezi ishlab chiqara- digan boshqa bir gormon - glukagon ta’sirida glukozagacha parchalanadi. Ana shu tarzda qonda glukoza miqdori doimiy (0,1—0,12 %) saqlanadi. Oshqozonosti bezi insulinni kam ishlab chiqara boshlaganida qonda glukoza ko'payib, qandli diabet kasalligi paydo bo‘ladi. Bu kasallikda qonda glukoza ko‘payib, uning bir qismi siydik orqali tashqariga chiqariladi. Shu sababdan kasallik qandli diabet deyiladi. Bu kasallikda


3.O’pkaning tiriklik sig’imini tashkil etuvchi havo miqdorini yozing?



Nafas havosi

+


Qo’shimcha havo

+


Rezerv havo

=


O’pkaning tiriklik sig’imi

500

1500

1000

3500



12-bilet
Buyrakda siydikning hosil bo’lishini tushuntirib bering?
Buyrakda siydik hosil bo'Lishi ikki faza (davr) ga bo'linadi. Birinchi davr - fillratsiya davri, u birlamchi siydik hosil bo'lishidan iborat. Bunda nefronlardagi arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, nefron bo'shlig'iga (kapsulaga) o'tadi. Bu jarayonning o'tishi kapillardagi bosimning yuqori, kapsuladagi bosimning past bo'lishiga bog'liq.
Birlamchi siydikning tarkibi qon plazmasining tarkibiga yaqin. Unda faqat oqsil bo'lmaydi Chunki u kapillar qon tomirlarining devoridan filtrlanib o'tmaydi.Kapsuladagi birlamchi siydik kalavasimon kanalchalarga o'tadi. Bu kanal- chalarningdevori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislotalar, suv va mineral tuzlarning ko‘p qismi, ya’ni 98,5-99,0 % vena tomirlariga qayta so'riladi. Bunga reabsorbsiya jarayoni deyiladi. Bu siydik hosil bo'lishining ikkinchi davri hisoblanadi.
Kanalchalarda qolgan siydik ikkilamchi siydik deyilib, uning tarkibida qoldiq azot, mochevina, kreatinin kabi moddalar, ma’lum miqdorda tuz va suv bo'ladi.Katta odamning buyrak nefronlarida uzluksiz siydik filtrlanishi natijasida bir sutkada o'rtacha 100 litr birlamchi siydik hosil bo'ladi. Uning 98,5-99 litri kalavasimon kanalchalar devori orqali qonga qayta so'riladi, qolgan 1—1,5 litri esa ikkilamchi siydik sifatida tashqariga chiqariladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin