8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


-bilet 1.Qon va uning vazifasi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə14/37
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90194
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

13-bilet
1.Qon va uning vazifasi
Qon — organizm ichki muhitini saqlashda asosiy ahamiyatga ega. Qon katta yoshdagi odam tanasi massasining 7 % ini tashkil etadi. Organizm ichki muhiti miqdori, kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi va barcha fizik va kimyoviy xossalari nisbiy doimiy gomeostaz holatida bo'ladi. Ichki muhitning gomeostaz holati saqlanib turishida qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, ayirish, nerv va endokrin sistemalari ishtirok etadi. Ichki muhitning doimiyligi organizmdagi barcha hujayralar, to‘qimalar hamda organizmning normal faoliyati uchun zarur. Kasai organizmda ichki muhitning gomeostaz holati, ya’ni hujayra, qon, to'qima suyuqligi va limfaning miqdori, kimyoviy tarkibi o'zgaradi. Bu hoi organlarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qon - suyuq biriktiruvchi to‘qima barcha organlar va to‘- qimalami o‘zaro bog‘lab turadi. Qon organizmda moddalarni tashish-transport, gu­moral boshqarish, ichki muhit doimiyligini saqlash, himoya funksiyasmi bajaradi.
2.Qalqonsimon bez garmоnlari va ularning оrganizmga ta’siri.Qalqonsimon bez ichki sekretsiya bezlari ichida eng yirik bezdir. Massasi 5-10 yoshli bolalarda 10 g, katta yoshdagi odamlarda 25—30 g keladi. Qalqonsimon bez bo'yinning oldingi qismida joylashgan bo'lib, hiqildoqni oldingi va ikki yondan yopib turadi (9-rasm). Bez chap va o‘ng bo‘laklardan iborat bo'lib, juda ko‘p qon va limfa tomirlari hamda nervlar bilan ta’minlangan. Qalqonsimon bez gormoni tiroksin tarkibida yod moddasi ko‘p bo‘ladi. Tiroksin organizmda moddalar almashinuvini tezlashtirish va nerv qo‘zg‘alishlarini kuchaytirish xususiyatiga ega. Bu gormonning yetishmasligi yoki ortiqcha ishlab chiqarilishi organizmda og‘ir xastaliklarni paydo qiladi. Tiroksin yetishmaganida yosh bolalarning o‘sishi, aqliy va jismoniy rivojlanishi juda sekinlashib, kretinizm xastaligi paydo bo‘ladi. Katta yoshdagi odamlarda bez faoliyati pasayib, tiroksin kam ishlab chiqarilishining kamayishi miksedema (10-rasm)ni paydo qiladi. Bu kasallikda moddalar almashinuvi sekin- lashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. Ayrim hududlarda suv tarkibida yod yetishmasligi tufayli qalqonsimon bez yiriklashib, bo‘yinda shish paydo bo‘ladi. Endemik buqoq (11-rasm) deb ataladigan bu kasallikning oldini olish uchun osh tuziga yod qo‘shib, ishlov beriladi. Qalqonsimon bez funksiyasi kuchayib, tiroksin gormoni ortiqcha ishlab chiqarilganida organizmda moddalar almashinuvi kuchayib, nerv sistemasi qo‘z- g‘aluvchanligi ortadi va kishi ozib ketadi. Bazedov kasalligi (12-rasm) deb ataladigan bu xastalikda ko‘pincha kasal odammng ko‘zlari notabiiy chaqchaygan bo‘ladi. Kasallikni davolashda qalqonsimon bez funksiyasini pasaytiradigan preparatlardan foydalaniladi. Ba’zan bezning bir qismi olib tashlanadi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin