2–bilet 1. Vatandоshlarimizni tibbiyot fanining rivоjlanishiga qo‘shgan hissalari nimadan iborat? X asrning ikkinchi yarmida Abu Bakr ibn Ahaviy Buxoriyning "Hidoyat" (tibbiyotni
o'rganuvchilarga qo'llanma) kitobida odamda uchraydigan ko'pgina kasalliklar va ularni
davolashda ishlatiladigan dorilar haqida ma'lumotlar berilgan. O'sha davrlarda Abu Mansur
Buxoriyning "Oddiy dorilar haqida katta to'plam", Abu Sahl Masih Jurjoniyning yuz bobli "Al-kimyo" kitobi tibbiyotni o'rganishda darslik sifatida keng qo'llanilgan. Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ham tibbiyotfaniga katta hissa qo'shgan. Uning "Saydana" kitobida o'simlik va hayvonot mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan mingdan ortiq dorilar haqida ma'lumot berilgan. Jahon tabobat ilmi rivojiga buxorolik buyuk alloma Abu Ali ibn Sino katta hissa qo'shgan. Ibn Sinoning "Kitob al-qonun fit tib"("Tibqonunlari") kitobi beshta katta kitobdan iborat bo'lib, bir necha marta yevropa, rus va o'zbek tillarida nashr etilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi kabi tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarrohlik dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar, bayon etilgan. Hozirgi davrda ham tabobat sohasida o'zbek olimlarining hissalari salmoqlidir. Jumladan, R. E. Xudoyberdiyev, N. K. Ah- medov, X. Z. Zohidov, R. A. Alavi, S. A. Asomov, S. A. Dami- novlar odam anatomiyasi fanining, A. Y. Yunusov, U. Z. Qodi- rov, Z. T. Tursunov, E. S. Mahmudov, K. R. Rahimovlar fiziologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Y. X. To'raqulov qalqonsimon bez kasalligini o'rganish va davolashga doir olib borgan ishlari uchun Davlat mukofotining sovrindori bo'lgan. I. Q. Musaboyev yuqumli kasalliklarning tarqalish sabablarini, V. V. Vohidov, O'. Ori pov jarrohlik sohasini, K. A. Zufarov turli kasalliklar tufayli hujayralarda kechadigan o'zgarishlarni, S. Shamsiyev bolalar kasalliklarini, N. Majidov asab kasalliklarini,A. Asqarov, N. Ismoilov, Z. Umi- dova ichki kasalliklarni o'rganish va davolashga doir salmoqli ilmiy ishlar olib borganlar.
2. Yurak va qon tomir kasalliklari haqida ma’lumot bering? Yurak va qon tomir kasalliklarining ko'p uchraydigan turlariga ateroskleroz (qon tomirlari devorining ichki yuzasida yog' va tuz moddalari to'planishi oqibatida tomirlar qattiqlashib, mo'rtlashib va torayib qolishi), giðertoniya (arterial qon bosimining ko'tarilishi), yurakning ishemik kasalligi (yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo'ladi), miokard infarkti (qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining ma'lum qismi yemirilishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi) kabilar kiradi. Bulardan tashqari, maktab yoshidagi bolalarda ko'p uchraydigan angina, surunkali tonzillit (bodomcha bezlarining yallig'lanishi) va bular oqibatida kelib chiqadigan yurakning yallig'lanish kasallik- lari tufayli odam yoshlik chog'idanoq ish qobiliyatini yo'qotishi mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muntazam shug'ullanish maqsadga muvofiqdir.