Ko‘z - yoruglik ta’siri ni sezadigan ko‘rish organi bolib, ko'rish analizatorining periferik qismi hisoblanadi. Ko‘rish organi ko'z soqqasi va qo‘shimcha organlar: qovoqlar, kipriklar, ko‘z muskullari va yosh bezlaridan iborat (80-rasm). Ko‘z soqqasi sharsimon shaklda bolib, ko‘z kosasi ichida joylashgan. Ko‘z kosasi ichki yuzasidan ko‘z soqqasi sirtiga ko‘zni harakatlantiruvchi muskullar chiqadi. Ko‘z soqqasi tig‘iz oqsil parda bilan qoplangan (81-rasm). Oqsil parda ko‘zni mexanik va kimyoviy ta’sirdan, mikroorganizmlar va begona moddalardan himoya qiladi. Oqsil pardaning ko‘z oldida joylashgan qismi shaffof bolib, shoxsimon parda, qolgan qismi esa sklera deyiladi. Shoxsimon parda yoruglikni yaxshi o‘tkazadi. Xira oqish rangli sklera yoruglikni o‘tkazmaydi. Shoxsimon qavatda juda ko£p retseptorlar joylashgan. Ular qo‘zg‘alganida qovoq yumilishi yoki pirpirashi, ko'zdan yosh oqishi kabi himoya reflekslari paydo boladi.