Oshqozonosti bezi va uning funksiyasi nimalardan iborat?
Oshqozonosti bezi oshqozon ostida va biroz orqada joylashgan. Bezning Langergans orolchasi deb ataladigan qismi gormonlar ishlab chiqaradi. Ulardan bin - insulin qondagi ortiqcha glukozani glikogenga aylantirib, jigarda to'playdi, qondagi shakar miqdori kamayishiga yordam beradi. Bezning glukogon gormoni glikogenni glukozaga aylantirish bilan qonda shakar moddasi miqdorini oshiradi. Insulin ko‘payganida hujayralarda glukoza sarfi oshib, glikogen sintezi tezlashadi. Buning natijasida qonda glukoza miqdori kamayib, qon bosimi pasayadi. Insulin yetishmaganida qonda qand miqdori oshib, qandli diabet kasalligi kelib chiqadi. Bezning gastrin gormoni oshqozonning ferment ajratish funksiyasiga ta’sir ko‘r 3.Teri kuyganida birinchi yordam ko’rsatish Teri olov, qizib turgan metall buyumlar, kislota yoki qaynab turgan suyuqlik tekkanida kuyadi. Kuchli kuygan kishining hayoti unga tezda birinchi yordamni ko'rsatilishi bilan bog'liq. Qaynab turgan yoki qaynoq suyuqlik bilan kuyishda tezlik bilan kuygan joyga 15 minut davomida sovuq suv quyib turiladi. Song'ra kuygan joy sterillangan bog'ich yoki toza material bilan bog'lab qo'yiladi. Kuygan jqyda paydo bo'ladigan pufaklarni yorish, jarohatga o'simlik yog‘i, margansovka, spirt surtish mumkin emas. Bu moddalar kuyishni va og'riqni kuchaytirib, jarohatning bitishini qiyinlashtiradi. Yong'inda odam ustidagi kiyim yona boshlaganda, olovdan qutulish uchun yugurmaslik kerak. Chunki, yugurganda havo oqimi yonishni kuchaytiradi. Shuning uchun kiyimni yechib tashlash yoki yonayotgan kiyim ustidan suv quyish, odam ustiga biron qalin mato (ko'rpa, palto) yopish lozim. Yaxshisi, yonayotgan kishi o'zim yo'qotmasdan yerga ag'anab, olovni o'chirishi lozim. Olov o'chirilgandan so'ng tananing kuygan joylariga 15 minut davomida sovuq suvquyib turiladi. Teri kimyoviy moddalar bilan kuyganida jarohatlangan joyga sovuq suv quyiladi. Terini kislota kuydirganida kuygan joy ichimlik sodasi eritmasi bilan yuvilib, sterillangan bog‘ich bilan bog‘lanadi.