8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


Berilgan jadval asosida musbat va manfiy hissiyotlarni aniqlang?



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə9/37
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90194
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

3. Berilgan jadval asosida musbat va manfiy hissiyotlarni aniqlang?



Hissiyot turlari

Musbat

Manfiy

Xursandchilik







Osoyishtalik







Qo’rqish







Qayg’urish







Tabbasum







Yig’lash







Xushchaqchaqlik







Nafratlanish









9 - bilet

  1. Orqa miyaning tuzilishi va funksiyasi

Orqa miya. Orqa miya uzunligi katta odamda 40-45 cm, massasi 30-40 g bo‘lib, diametri 1 cm ga yaqin oqish ip shaklida bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi nayi ichida joylashgan kulrang va oq moddadan iborat. Uning markaziy qismi bo‘ylab orqa miya nayi o'tadi (66-rasm). Nay orqa miya suyuqligi bilan to'lgan. Orqa miyaning oldingi va orqa yuzasi bo'ylab o'tgan chuqur egatchalar uni chap va o'ng qismlarga bo'ladi. Orqa miyaning nayini o'rab turgan markaziy qismi kulrang moddadan iborat. Ko‘ndalang kesmasida miyaning kulrang modda joylashgan qismi kapalak qanotiga o‘xshash. Kulrang modda atrofini oq modda o‘rab turadi. Kulrang modda bir juftdan oldingi va orqa ildizlarni hosil qiladi. Kulrang modda oraliq va harakatlantiruvchi neyronlar tanasi hamda kalta o‘simtalaridan, oq modda neyronlarning uzun o'simtalaridan iborat. Oq moddadagi nervlar orqa miya bo'ylab yuqoriga va pastga yo‘nalgan nerv yo'llarini hosil qiladi.Orqa miyaning funksiyasi. Orqa miya ref­lektor va o‘tkazish funksiyalarini bajaradi. Uning reflektorlik funksiyasi kulrang modda bilan bog'­liq. Kulrang moddada skelet muskullarining qisqarishini, yurak, oshqozon, qovuq, qon tomirlari, jinsiy bezlar va boshqa ichki organlar ishini boshqaradigan nerv markazlari bo‘ladi. Nerv markazlari juda ko‘p oraliq neyronlardan iborat. Ular orqali reflektor yoyi o‘tadi, retseptorlardan keladigan nerv signallari qayta tahlil qilinib, nerv impulslariga aylantiriladi va ishchi organlarga uzatiladi.
Orqa miya bel qismida tizza refleksi, ko‘krak bo‘limining yuqorisida ko‘z qora- chig‘ini kengaytiruvchi, dumg‘aza qismida siydik ajratuvchi reflekslar markazlari joylashgan. Tizza refleksi tizza qopqog‘idan pastroqda joylashgan paylarga uril- ganida oyoqning keskin ko‘tarilishi tarzida namoyon bo‘ladi.Orqa miyaning o‘tkazish funksiyasi uning oq moddasi bilan bog'liq. Oq moddadagi nervlar orqa miyani bosh miya bilan bogMaydi. Orqa miyaga keladigan nerv impulslari o‘tkazuvchi yo‘li orqali retseptorlardan orqa miya yuqori qismiga va bosh miyaga o‘tkaziladi. Bosh miyadan keladigan nerv impulslari pastga tushadigan o‘tkazish yo‘li orqali orqa miya quyi bo‘limlari va organlarga o‘tkaziladi.Orqa miya reflekslarini bosh miya nazorat qilib turadi. Yurak, oshqozon, siydik pufagi, jinsiy bezlar va boshqa organlar ishini orqa miya bosh miya bilan birgalikda boshqaradi. Umurtqa pog‘onasi shikastlanganida, orqa miya jarohatlanganida orqa miya bilan bosh miya o'rtasida bog'lamsh uziladi. Jarohatlangan odam bosh miyasi yaxshi ishlaydi, lekin nerv markazlari buzilishi oqibatida ko‘pchilik orqa miya reflekslari yo‘qoladi. Jarohat olgan odam boshini qimirlatadi va chayqaydi, ba’zan qo‘lini harakatlantiradi. Lekin uning tanasining jarohatlangan joyidan past qismlari falaj bo‘lib qoladi, oyoqlari harakatlanmaydi.


  1. Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin