Yurak qon aylanish sistemasining markaziy organi hisoblanadi. Yurak xaltaga o'xshash muskulli organ bo‘lib, ko‘krak qafasida, to‘sh suyagi orqasida joylashgan (33-rasm). Uning ko‘proq qismi ko‘krak qafasining chap qismida turadi. Yurakning kattaligi odam mushtidek keladi. Uning massasi erkaklarda 220-300 g, ayollarda 180-220 g bo‘ladi.
2.Shartli va shartsiz reflekslarga ta'rif bering va ularni farqini misollar asosida tushuntiring?
3.Rasmda qaysi organ tasvirlangan uning odam organizmidagi vazifasini ayting? Moddalar almashinuvi natijasida organizmda hosil bo‘ladigan qoldiq moddalar va almashinuv mahsulotlari ichak, o'pka, ter va yog‘ bezlari hamda buyrak orqali chiqarib yuboriladi.
5-bilet Suyaklarning tuzilishi va o’sishi.
Suyak biriktiruvchi to'qimalarning bir xili bo'lib, uzun o'simtali hujayralardan va to'shsimon qattiq hujayra oralig'i moddasidan iborat. Suyaklar nervlar va qon tomirlari bilan ta’minlangan, sirtdan yupqa suyakusti pardasi bilan qoplangan.Shakliga binoan suyaklar naysimon, yassi, g'ovak va g'alvirsimon bo'ladi. Naysimon suyaklar, o‘z navbatida, 2 xil bo‘ladi: uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, tirsak, son, boldir suyaklari), kalta naysimon suyaklar (qo‘l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari). Naysimon suyaklarning ko‘migi g'ovak, o‘rta qismi tig‘iz moddadan iborat bo‘lib, ichi kovak bo‘ladi. Odamning bo'yiga o‘sishi naysimon suyaklar ikki uchini qoplab turadigan tog'aylarning o'sishi bilan bog'liq. Suyaklarning yo‘g‘onlashuvi esa suyakusti pardasi hisobidan sodir bo'ladi. 22-25 yoshlarda odam gavdasi shakllanishi tugallanadi va odam bo'yi ham o'sishdan to'xtaydi. Suyaklarning o'sishini gipofiz bezi ajratib chiqaradigan somatotrop gormoni boshqarib turadi. Yoshlikda bu gormon ko‘p ishlab chiqarilsa, bo‘yning o‘sishi tezlashib, odam baland bo‘yli bo'ladi. Gormon kam ishlab chiqarilganida bola sekin o'sib, bo‘yi past bo'lib qoladi.