Ta’m bilish organi og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan ta’m bilish so‘rg‘ichlaridan iborat (92-rasm). Ta’m bilish so‘rg‘ichlari bir-biriga taqalibturadigan ellipssimon ta’m bilish retseptor hujayralari va tayanch hujayralardan iborat. So‘rg‘ichlar tilning uchi, ikki yoni va keyingi qismida, halqum devori va yumshoq tanglayda ko‘p bo‘ladi. Tilning oldingi qismi asosida joylashgan so'rg'ichlar shirin, orqa qismi - achchiq, ikki yoni - nordon, oldingi uchi - sho‘r ta’mdan qo‘zg‘aladi (93-rasm). Suvda yoki soclakda erigan moddalar ta’sirida ta’m bilish retseptorlarining qo‘zg‘alishi yuz beradi. Ularning ta’sirlanishi tufayli ta’m sezish tuyg‘usi kuchayadi. Suvda erimaydigan modda ta’msiz tuyuladi. Ta’m bilishda issiq yoki sovuq uncha katta ahamiyatga ega emas Juda issiq yoki sovuq ovqatning ta’mi yaxshi sezilmaydi. Biroz sovitilgan ovqat mazali bo'ladi. Ovqatning harorati 15-30° С bo‘lganida ta’mi yaxshi bilinadi.
3. Tizza refleksi hosil bo’lishini kuzatish Zarur asbob va jihozlar. Darslikning "Nerv sistemasi"mavzusida ko'rsatilgan rasm hamda shunga taalluqli jadval, rezina bolg'acha. Ishni bajarish tartibi: O'quvchilar 3—4 tadan bo'lib guruhlarga bo'linadilar. Darslikning "Nerv sistemasi" va "Orqa miya reflekslari" mavzularida bayon etilgan tizza refleksi hosil bo'lishiga taalluqli ma'lumotlar bilan tanishadilar. So'ngra bir-birlarida tizza refleksini hosil qilish tajribasini bajaradilar. Tizza refleksi hosilbo'lishini tasvirlovchi rasmni va refleks yoyini daftarga chizib oladilar.
21- bilet O’pka va to’qimalarda gazlar almshinuvi qanday sodir bo’ladi?
Nafas olinganda o'pkaga o'tadigan havo tarkibida 20,94 % kislorod, 79,3 % azot, 0,03 % karbonat angidrid, juda oz suv bug'lari va inert gazlar bo'ladi. Nafas chiqarilayotganida o‘pkadan chiqqan havoda kislorod kamayib 16,3 % ni. karbonat angidrid miqdori ortib 4 % ni, azot 79,7 % ni tashkil etadi, suv bug'lari miqdori ham ortadi. Lekin boshqa gazlar miqdorio'zgarmaydi, Nafas chiqarilgan havoda kislorod miqdori kamayib, karbonat angidrid miqdorining ortishi o‘pka alveolalari bilan qon oVtasidagi gazlar almashinuviga bog‘liq