8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


–bilet 1.Oshqozonda ovqat hazm bo’lishini o’rganish metodlari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə24/37
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90194
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

22–bilet
1.Oshqozonda ovqat hazm bo’lishini o’rganish metodlari.
Ovqat hazm qilish organlari ishlashini kuzatib bolmaydi. Shu sababdan uzoq davr davomida hazm qilish jarayonlari hayvonlarni yorib ko‘rish orqali o‘rganib kelingan. XIX asr o'rtalarida rus olimi V.A. Basov itlar oshqozoniga fistula qo‘yish orqali oshqozon shirasi ajratib olish metodini yaratdi. Lekin bu usulda olingan oshqozon shirasi ovqat bilan aralash bolganligi uning tarkibini batafsil o‘rganishga imkon bermasdi.Rus olimi I.P. Pavlov ovqat bilan aralashmagan toza oshqozon shirasi olish metodini ishlab chiqdi. U yaratgan metod oshqozon shirasi tarkibi va miqdorini aniqlash hamda organizmda shira ajralishini boshqarishni oVganishga imkon yaratdi. U oshqozonga ovqat tushib, shiraga aralashmasligi uchun qizilo‘ngachni kesib fistula qo‘yadi. Oshqozonning kesilgan uchlarini tashqariga chiqarib, teriga tikib qo'ydi. Og'izga tushgan ovqat qizilo‘ngach orqali yana tashqariga chiqib turgan, toza oshqozon shirasi esa fistula orqali toma boshlagan. Ana shu yol bilan I P. Pavlov oshqozon shirasi faqat ovqat yeganda emas, balki ovqatni ko‘rganda, hidini sezganda yoki ovqatlanish bilan bogliq boshqa sabablar, masalan, chiroq yoqilganda ham ajralishini tushuntirib berdi. Shifoxonalarda oshqozon va ichak shirasini tekshirish, hazm qilish organlari faoliyatini o'rganishda zondktsh, rentge- noskopiya, endoskopiya metodlaridan foydalaniladi. Rentgenoskopiya metodidan foydalanilganida bemorga rentgen nurlarini o‘tkazmaydigan moddadan tayyorlan- gan bo‘tqa ichiriladi. So‘ngra rentgen ekranida hazm qilish nayi har xil qismlarining chegarasi aniqlab olinadi. Hazm qilish organlari endoskopiya orqali tekshiriladigan organga maxsus optik asbob - endoskop kiritiladi. Mazkur metod orqali hazm qilish organlari va bezlarning sekret chiqarish yo‘lida paydo bo'lgan kasalliklarni aniqlab olish mumkin. So‘ngi yillarda ichki organlar va to‘qimalarda paydo bo‘la- digan kasalliklarga tashxis qo‘yishda ultratovush, kompyuter tomografiyasidan keng miqyosda foydalanilmoqda.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin