8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


Bosh miya kasalliklari va uning kelib chiqish sabablari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə32/37
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90194
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

2.Bosh miya kasalliklari va uning kelib chiqish sabablari
. Gipertoniya (qon bosimining ko‘tarilishi) va ateroskle- roz (qon tomiri nayining torayib qolishi) kasalliklarida miyada qon aylanishi- ning buzilishi yoki kapillar qon tomirlari yorilib, miyaga qon quyilishi mumkin. Oqibatda miyaga keladigan kislorod va oziq moddalar kamayib, miyaning ishi buziladi. Qo‘l va oyoqni harakatlantiradigan markazlar shikastlanganida organlar harakatlanmasdan, tarashadek qotib qoladi.
Ba’zan miya chayqalishi, qattiq qo'rqish, qon ketishi yoki kuchli og'riq ta’sirida odam hushidan ketishi mumkin. Bunday holatda dastlab odamning boshi aylanadi, ko‘z oldi qorong‘ilashadi, rangi oqarib, sovuq ter bosadi, yurak urishi va nafas olishi sekinlashadi. Hushidan ketgan odamning boshini past qilib, orqasi bilan yotqiziladi. Uning ko‘ngli aynisa, yonboshiga yoki qorni bilan yotqiziladi, yoqasiyechilib, yuziga suv purkaladi va novshadil spirti yoki sirka hidlatiladi. Chaqaloq tug'ilayotganida tug‘ilish yo'lida kalla suyagining siqilishi sababli ham bosh miya shikastlanishi mumkin.
Chaqaloqning ona qornida rivojlanishi davrida onaning yuqumli kasalliklar bilan og‘rishi ham nerv sistemasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, kalla suyagi va bosh miya yarimsharlarining rivojlanmasdan qolishi (mikrosefa- liya) shunday kasallik hisoblanadi. Nerv sistemasi ishining buzilishida kimyoviy moddalar, hayvonlar zahari, zamburug‘lar, spirtli ichimliklar va narkotik moddalar bilan zaharlanish ham sabab bo‘lishi mumkin.
Alkogol va narkotik moddalar nerv hujayralariga oson kirib olish xususiyatiga ega. Bu moddalar uzoq vaqt iste’mol qilinganida tez nobud boladi. Buning natijasida nerv sistemasi bo‘ylab nerv impulslarining uzatilishi izdan chiqadi, miyaga keladigan informatsiyaning saralanishi va qayta ishlanishi buziladi. Sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar o‘rtasidagi bog‘lanishning buzilishi odamning tashqi muhit ta’siriga reaksiyasini sekinlashtiradi.



3. Quyida keltirilgan rasm orqali refleks yoyi qanday hosil bo'lishini tushuntiring?
Muskullar bosh va orqa miyadan keladigan nerv impulslari ta’sirida qisqaradi. Ten, pay, bo‘g‘imlar va muskullarda sezuvchi nervlar uchlari - retseptorlar joylashgan. BLron ta’sir tufayli retseptorlarda hosil bo‘lgan nerv impulslari sezuvchi nervlar orqali retseptorlardan orqa miyaga uza- tiladi. Orqa miyadan chiqadigan harakatlantiruvchi nervlar orqali nerv impulslari muskullarga uzatiladi (27-rasm). Nerv impulslari ta’sirida muskullar qisqarib, harakat sodir bo‘ladi. Ayni vaqtda bosh miya katta yarimsharlari po‘stloq qismidan ham orqa miyaga nerv impulslari kelib turadi. Bosh miya yarimsharlari po'stloq qismi faoliyati tufayli odam harakati uning xohishiga bo'ysunadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin