2.Nafas olish harakatlarini tushuntirib bering? 0‘pkadagi havoning muntazam almashinib turishi nafas olish va nafas chiqarish tufayli amalga oshadi. Nafas olish va nafas chiqa- rishning almashinib turishi uzunchoq miyada joylashgan nafas olish markazi tomonidan boshqarib turiladi. Nafas olish markazida ritmik paydo bo‘lib turadigan nerv impulslari nervlar orqali qovurg'alar oralig‘i va diafragma muskullariga uzatiladi. Nerv impulslari ta’sirida bu muskullar qisqarib, nafas olish yoki nafaschiqarish sodir bo‘ladi.Nafas olishda tashqi qovurg‘alararo va ko‘krak diafragmasi muskullari qisqarib, qovurg'alar ko‘tarilishi tufayli ko'krak qafasi kengayib, undagi bosim havo bosimiga nisbatan pasayib ketadi (47-rasm). Ko£krak qafasi bilan birga o‘pka ham kengayib, alveolalardagi bosim pasayishi bilan havosi o‘pkaga so‘rib olinadi. So‘ngra tashqi qovurg‘alararo va diafragma muskullari bo‘shashib, ichki qovurg‘alararo muskullari qisqaradi. Qovurg‘alar pastga tortilib, diafragma pardasi qorin bo‘shlig‘iga osilib tushadi. Ko‘krak qafasining hajmi kichrayib, undagi bosim atmosfera bosimidan yuqori bo‘lib qoladi. Havo alveolalaridan nafas yo‘llariga siqib chiqariladi, ya’ni nafas chiqarish sodir bo‘ladi. Nafas olish va nafas chiqarish shu tariqa almashinib turadi. Odam tinch o‘tirganida bir mi nut da 16-18 marta nafas olib, nafas chiqaradi. Harakatlanganda yoki jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganda nafas olish tezlashadi. 3. Jismoniy mashqlarning yurak-qon tomir sistemasiga ta`sirini aniqlash. laboratoriya mashg‘uloti Jismoniy mashqlarning yurak-qon tomirlar sistemasiga ta’siri. Kerakli jihoz: sekundomerli soat. Ishni bajarish tartibi; o'quvchidan partada 5 minut tinch o‘tirib, dam olish iltimos qilinadi; o'quvchilar bilakning bosh barmog'i tomonidagi arteriya tomirini topadi; o'qituvchi ko‘rsatmasiga muvofiq barcha o'quvchilar o‘tirgan holda bir minut davomida tomir urishini sanashadi; xuddi shu ish o'quvchilar turgan holatda ham takrorlanadi; o'qituvchi ko'rsatmasiga binoan o'quvchilar 30 sekund davomida 20 marta o‘tirib-turish mashqini bajarishadi; o'quvchilar bosh barmog'i bilan arteriya tomirini topishadi, tomir urishini sanashadi va olingan sonlar quyidagi jadvalga yoziladi: