8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


Taloqning tuzilishi va funksiyasi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə30/37
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90194
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

1.Taloqning tuzilishi va funksiyasi.
Taloq qorin bo'shlig'i chap tomonining yuqori qismida, ya’ni chap qovurg'alar ostida joylashgan. Uning massasi katta odamda 140 200 g.Taloqda limfotsitlar hosil bo'ladi va ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. Limfotsitlar odam organizmining immunitet xususiyatini ta’minlashda ishtirok etadi. Demak, taloq organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish (immunitet) vazifasini bajarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, taloqda qonning ortiqcha qismi zaxira holda to‘planadi va u qon deposi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga taloqda qonning yashash muddatini o‘tagan shaklli elementlari (eritrotsitlar va leykotsitlar) parchalanadi.
Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanganda taloqda limfotsitlar hosil bo‘lishi ko‘payadi. Demak, bunda odam organizmining immuniteti kuchayadi.
2.Qon guruhlari haqida tushuncha bering? 1901-yili K. Landshteyner, 1907-yili Y. Yanskiy qonning eritrotsitlari tarkibida agglutinogen, plazmasi tarkibida agglutinin moddalari bo'lishini aniqladilar. Bu moddalar agglutinogen A va B, agglutinin a va fi dan iborat. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida agglutinogen A va agglutinin a yoki agglutinogen В va agglutinin fi bo'lmasligi kerak. Normada agglutinogen A va agglutinin fi yoki agglutinogen В va agglutinin a bolishi mumkin. Agglutinogen A va В bo‘lgan qonda agglutininlar umuman bo'lmaydi. Aksincha, agglutinin a va bo'lgan qonda agglutinogenlar umuman bo‘lmaydi. Ana shunga ko‘ra, barcha odamlar qoni to‘rt guruhga boHinadi.
1-guruh - eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo‘lmaydi, plazmada agglutinin avafi bo‘ladi.
2-guruh - eritrotsitlarda agglutinogen A, plazmada agglutinin fi bo'ladi.
3-guruh - eritrotsitlarda agglutinogen B, plazmada agglutinin a bo'ladi.
4-guruh — eritrotsitlarda agglutinogen A va В bo'lib, plazmada agglutinin umuman bo'lmaydi. K. Landshteyner va boshqalar 1940-yilda eritrotsitlarda rezus omil, antigen borligini aniqlaganlar. Rezus omil avloddan avlodga irsiy o‘tadi. Rezus omilning bor yoki yo'qligiga ko'ra, rezus musbat va rezus manfiy odamlar bo'ladi. Rezus omil odam hayoti davomida o'zgarmaydi. Agar ona rezus manfiy, homila rezus musbat bo‘lsa, ularning rezus omili mos bo'lmaganligi tufayli bolada gemolitik kasallik yuzaga keladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin