8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


Hiqildoqning organizmdagi ahamiyati



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə35/37
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90194
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

2.Hiqildoqning organizmdagi ahamiyati
. Havo burun bo'shlig'idan halqum orqali hiqildoqqa o'tadi. Hiqildoq devori muskullar va bir necha tog‘aydan iborat. Yutinish paytida hiqildoq yo'lini hiqildoqusli tog'ayi berkitadi. Hiqildoqning ichki devorida joylashgan tog‘aylar o'rtasida ovoz paylari joylashgan. Paylar orasidagi teshik ovoz teshigi deyiladi. Nafas chiqarilganida ovoz teshiklaridan o'tadigan havo ovoz paylarini tebratib tovush hosil qiladi. Ovoz teshigi odam gapirmasdan turganida keng ochilgan, pichirlashib gaplashayotganida — yarim ochiq, baland ovozda gaplashayotganida yoki ashula aytayotganida deyarli yopiq bo'ladi. O'pkadan chiqayotgan havo ovoz paylariga tegib, ularni tebratganida ovoz paydo bo'ladi (46-rasm).
Ovozning balandligi ovoz paylarining uzunligiga bog'liq. Ovoz paylari qancha kalta bo'Isa, ulaming tebranish soni ham shuncha ko'p, ya’ni ovoz tembri baland bo'ladi. Ayollar va bolalaming ovoz paylari erkaklarnikiga nisbatan kalta, tebranishlar soni ko'p, ovoz tembri esa baland bo'ladi.


3. Arteriyalardan qоn ketganda birinchi yordam ko’rsatish
Arteriyalarda bosim yuqori bo‘lganidan qon jarohatlangan tomirdan fawora bo‘lib otilib chiqa boshlaydi. Shuning uchun qon ketishini to‘xtatish uchun qon tomiri jarohatlangan joydan yuqoriroqdan barmoq bilan bosib turib, bu joyga rezina, bint yoki boshqa materialdan qovuzloq qo‘yiladi. Teri shikastlanmasligi uchun qovuzloq ostiga bint yoki boshqa mato o‘raladi Mato orasiga tayoqcha kiritilib, qovuzloq qon to‘xtaguncha buraladi (44-rasm). So‘ngra tayoqcha bint bilan qovuzloqqa o‘raladi va jarohatlangan joy boglab qo'yiladi. Bemor tezda shifoxonaga jo'natiladi. Qovuzloq 2 soatdan ortiq turmasligi lozim. Aks holda qo‘l yoki oyoqning qovuzloqdan pastki qismidagi to‘qimalar jonsizlanib, ishdan chiqishi mumkin. Shuning uchun 2 soat o‘tgandan so'ng qovuzloq jonsizlanib qolgan qon tomiri jonlanguncha biroz bo1 shatib turilib, keyin yana siqib bog‘lab qo‘yiladi.
Qo‘l yoki oyoq arteriyalaridan qon ketishini qo‘l yoki oyoqni qattiq bukish orqali ham to‘xtatish mumkin. Buning uchun bukiladigan bo‘g‘ingayumaloqlangan bint yoki paxta joylanib, oyoq yoki qo‘l bukilgan holatda bog1 lab qo‘yiladi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin