C=a+b[Y-(Ta+tY)] Iiste’mol funksiyasining Ushbu shaklini hamda sof eksport funksiyasini hisobga
olib ochiq iqtisodiyot uchun soliq multiplikatorini hisoblasak u
-b mt = ------------------ ko‘rinishini oladi.
1-b(1-t)+ m’ Demak soliqlarni bir miqdorga kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi natijasida
YaIM hajmining bundan necha marta ko‘p miqdorga o‘zgarishi iste’molga
chegaralangan moyillik, chegaraviy soliq stavkasiga va importga chegaralangan
moyillik darajalariga bog‘liq
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori va soliq multiplikatorini
hisobga olganda muvozanatli ishlab chiqarish hajmi modeli quyidagicha bo‘ladi:
1 b Y= -------------------- (a+I+G+g) - ------------------ Ta 1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’ Aytaylik hukumat o‘z xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu
xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini ham shuncha oshirdi.
Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning o‘zida
bir xil miqdorda o‘zgarishi natijasida daromadlarning jami o‘zgarishi ΔY miqdori
quyidagiga teng bo‘ladi:
1 b ΔY= -------------------- ΔG - ------------------ ΔTa 1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’ Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko‘paysa
muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga
ko‘payadi. Buni balanslashgan byujet multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan
byujet multiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo‘ladi.
Davlat xarajatlari o‘zgarishidan yuzaga keladigan multiplikativ samara soliqlar
pasayishidan olinadigan multiplikativ samaradan kattaroq bo‘ladi. Bu holat davlat
xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o‘zgarishi ta’siriga
nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar
hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‘lsa, davriy pasayishni tugatish uchun
o‘z xarajatlarini oshirishi, inflatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
5
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‘lsa, davriy
pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‘tarilish paytida esa davlat
xarajatlarini oshirish maqbul yo‘l hisoblanadi.