7
4. Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish.
Davlat budjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul
massasini ko‘paytirish inflatsiyaga olib keladi.
Inflatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo‘ladi. Ya’ni, soliq
to‘lovchilar tomonidan davlatga to‘laydigan soliqlar to‘lovini
atayin kechiktirish
hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat budjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Budjet
taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib
olsa-yu, lekin ular to‘lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o‘z
mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo‘yishadi. Bu esa inflatsiyaning oshishiga
olib keladi.
Agar davlat budjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali
moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o‘z navbatida foiz
stavkasini ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda
investitsiya xarajatlari,sof
eksport hajmi va qisman iste’mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish
samarasi ro‘y beradi va u fiskal siyosatning rag‘batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib
qo‘yadi.
Budjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflatsion usul hisoblansada
inflatsiya xavfini ma’lum muddatga kechiktiradi xolos. Chunki muddati etgan
zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko‘paytiradi. Bu esa
o‘z navbatida, baholar darajasining ko‘tarishiga sabab bo‘ladi. Soliq tushumlarini
ko‘paytirish budjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo‘li bo‘lib,
u uzoq
muddat talab etadigan soliq islohati o‘tkazilishini talab etadi. Bu islohotlar soliq
bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, soliq yukini ishlab
chiqaruvchilardan ko‘proq mulk egalari va mulkdan
foydalanuvchilar zimmasiga
o‘tkazish orqali soliqlar tushumini ko‘paytirishni ko‘zda tutadi.
Budjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag‘larini olib
qo‘yish va davlat qarzlarini to‘lash kiradi.
Davlat qarzlarini to‘lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini
oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli
budjetdagi ortiqcha mablag‘larni muzlatib qo‘yish budjet kamomadini
pasaytirishning nisbatan noinflatsion usulidir.
Barqarorlashtirishning dastlabki bosqichida olib borilgan izchil makroiqtisodiy
siyosat natijasida davlat budjeti taqchilligi pasaytirildi.
Budjet taqchilligi asosan
noinflatsion usullar bilan, ya’ni davlat obligatsiyalari
chiqarish hamda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirildi.
Respublikamizda
o‘tkazilayotgan soliq-budjet siyosati makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlab turish, ustivor tarmoqlarni investitsiyalash, ta’lim sohasini
jadal rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadlariga qaratilib kelinmoqda.
Mamlakatmizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik
muhim begilaridan
biri davlat budjetining profitsit bilan bajarilayotganligi hisoblanadi. Xususan, keyingi
yillarda davlat budjeti taqchillik bilan rejalashtirilayotgan bo’lsa-da, soliqlar bo’yicha
prognoz ko’rsatkichlarni ortig’i bilan bajarilishi hamda davlat budjeti xarajatlarini
manzili va maqsadli sarflanishini ta’minlanishi natijasida budjet profitsit bilan ijro
etilmoqda.