10
ko’tarish uchun rejalashtirilgan, ijtimoiy vazifalarni bajarishga ajratilgan, davlatni
boshqarish, mudofaani taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan
iborat bo’ladi.Ushbu umumdavlat xarajatlari budjet orqali moliyalashtiriladi. Budjet
tizimining barcha xarajatlari turli budjetlar o’rtasida taqsimlanadi, bu esa u yoki bu
xarajatni
muayyan
budjetga
kiritilishini
anglatadi.Bu
birinchidan
moliyalashtirilayotgan muassasaning respublika va mahalliy organlarga qarashli
bo’lishi ,ikkinchidan moliyalashtiriladigan tadbirning ahamiyatidan kelib chiqadi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar,idoralar va
korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtining o’zida ma’lum maqsadlarga
mo’ljallanganligi bo’yicha ko’zda tutiladi.Bunda budjet mablag’larining asosiy qismi
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga,yani sanoat,energetika,qishloq xo’jaligi va
transportga yo’naltiriladi. Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai
nazaridan capital qo’yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda muhum
ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan
asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarni kengaytirish uchun pul
mablag’larini taqdim etishga kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish deyiladi.Budjet
resurslari cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga,ya’ni
maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimyatning ijroiya organlari qarori bo’yicha
amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiyotda davlatning ulushini qisqartirish
siyosatini olib borish birinchi navbatda, xususiy mulkka asoslangan institutlarni
mustahkamlash va mulk egasi huquqini himoya qilishga yo‘naltirildi. YaIMda davlat
budjeti ulushini kamaytira borib, 2018 yilda uning ulushini 20% idan oshirmasdan,
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga
yo‘naltirilgan siyosat davom ettirildi. Soliq yukining kamaytirilishi xususiy
investitsiyalarini rag‘batlantirdi va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari uchun
barqaror manba yaratdi.
Dostları ilə paylaş: