2
7-mavzuda ko‘rganimiz singari xarajatlardagi ozroq o‘zgarish daromadlardagi
undan ancha katta bo‘lgan, o‘zgarishni keltirib chiqaradi va ΔY/ ΔE=1/(1-b) bo‘ladi
(9.1-rasm).
ΔY=ΔE x (1/(1-b))= ΔE x m
Soliqqa tortish hisobga olinmaganda yopiq iqtisodiyot
uchun davlat xarajatlari
multiplikatori va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini quyidagi tenglamalar
sistemasini yechish orqali topish mumkin:
Y=C+I+G
C=a+bY
Bu yerda: Y=C+I+G – yopiq iqtisodiyot uchun asosiy makroiqtisodiy ayniyat;
9.1-rasm. Davlat xarajatlari o‘zgarishining multiplikativ samarasi
Tenlamalar sistemasini Y uchun echib quyidagi natijani olamiz:
1
Y = ---------- (a+I+G);
1-b
Bu yerda: 1/(1-b) – yopiq iqtisodiyotda soliqqa
tortish hisobga olinmagan
vaziyatda xarajatlar multiplikatori;
(a+I+G) – avtonom xarajatlar;
b=MPC – istemolga chegaralangan moyillik bo‘lib multiplikator miqdorini
belgilovchi asosiy omildir.
Soliqqa tortish hisobga olinganda iste’mol funksiyasi o‘zgaradi va
C=a+b(1-t)Y
ko‘rinishni oladi. Bu tenglamani asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo‘yib echsak,
quyidagi natijani olamiz:
1
Y= --------------- (a+I+G)
1-b (1-t)
Bu yerda: 1 / (1-b(1-t) – yopiq iqtisodiyotda
xarajatlar multiplikatori;
t – chegaraviy soliq stavkasi.
t =ΔY/ΔT
3
Bu yerda: ΔT – to‘lanadigan soliqlar miqdorining o‘sishi;
ΔY – daromadlarning o‘sishi.
Progressiv soliq tizimi multiplikator samarasini yumshatadi va ishlab chiqarish
hamda bandlilik darajalarini barqarorlashtiradi.
Soliqqa tortish hisobga olingan holdagi xarajatlar multiplikatori
soliqqa tortish
hisobga olinmagan holdagi soliq multiplikatoridan ancha kichikroq miqdorga ega,
chunki daromadlarga aylangan xarajatlarning bir
qismi soliqlarga chegirilib,
muomaladan chiqadi va maltiplikatsiya samarasini pasaytiradi. Bu ikkala formulani
solishtirganda ham ko‘zga tashlanadi. Shuningdek
ochiq iqtisodiyotda oshgan
daromadlarning bir qismi importga yo‘naltirilishi oqibatida muomaladan chiqib
ketishi tufayli multiplikator samarasi yopiq iqtisodiyotga nisbatan pastdir.
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikator
va muvozanatli ishlab
chiqarish hajmi quyidagi tenglamalar sistemasini echib topiladi:
Dostları ilə paylaş: