1
9- MAVZU. BUDJET- SOLIQ SIYOSATI
Reja:
9.1. Budjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari.
9.2. Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari.
9.3. Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi.
9.4. O‘zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosatining xususiyatlari
9.1. Budjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi.
Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori
fiskal siyosat orqali
ham erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, budjet-soliq siyosati deb ham aytiladi.
Budjet-soliq siyosati deganda noinflatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida
iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, to‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy
o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni
o‘z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat
tomonidan rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni,
davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini
davlat xarajatlarini
oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish
evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo‘lishi va soliqlarni
kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va natijada,
iqtisodiy
salohiyatning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank
tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali
foydalanish va davlat
xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin.
Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi
mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat-
fiskal restriksiya olib
boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni
(T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning
davriy o‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab
inflatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda
stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan
chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo‘shimcha
turtki
bo‘lishi mumkin.