9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə35/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Sho‘rtoblar- illyuvial qatlamining tarkibida ko‘p miqdorda singdirilgan holatdagi almashinuvchi natriy, ba’zan ancha miqdorda singdirilgan magniy ham saqlovchi tuproqlarga aytiladi. Ularning tuproq kesmasidagi genetik qatlamlari esa keskin tabaqalashgan bo‘lib, agronomik xossalari noqulayligi bilan ajralib turadi. Sho‘rxoklardan farqli o‘laroq, sho‘rtoblarda oson eriydigan tuzlar eng ustki qatlamda emas, balki biroz chuqurroqda saqlangan bo‘ladi. Tuproqda suvda oson eriydigan tuzlarning ko‘payishi singdiruvchi kompleksning natriy bilan to‘yinishiga olib keladi va natijada sho‘rtoblanmagan tuproq asta-sekin sho‘rtobga aylanadi.
Sho‘rxoklarning sho‘rtoblarga aylanish jarayoni tuproqdagi barcha tuzlarning 70 foizidan ko‘prog‘ini natriyli tuzlar tashkil qilganidagina ro‘y beradi. Soda tarkibidagi natriy singdiruvchi kompleksga bemalol o‘ta oladi. Chunki almashinish reaksiyalari natijasida hosil bo‘lgan kalsiy karbonat suvda sekin eriydigan tuz bo‘lganligidan cho‘kmaga tushadi.


Ca++ 2Na+
TSK│ + 2Na2CO3 = Sk│ + CaCO3 + MgCO3
Mg++ 2Na+
Shu bilan birga natriyga to‘yingan singdiruvchi kompleks bilan tarkibida SO2 bo‘lgan tuproq eritmasi orasida almashinish reaksiyasi ro‘y beradi va kalsiy karbonat bo‘lmaganda quyidagi reaksiya bo‘yicha qayta soda hosil bo‘ladi.
Na+ H+
TSK│ H2CO3= Sk│ + Na2CO3
Na+ H+

Keyingi yillardagi V.A.Kovdaning kuzatishlari sho‘rtob tuproqlar sho‘rxok bosqichini o‘tmasdan ham paydo bo‘lishini isbotladi. Sho‘rtoblarning bunday paydo bo‘lishi faqatgina natriy manbai soda mavjud bo‘lgandagina sodir bo‘ladi. Bu sharoitda tuproq eritmasidagi natriy osonlik bilan singdiruvchi kompleksga o‘tadi. Shuning uchun tuproq eritmasida soda kam miqdorda bo‘lsa ham singdiruvchi kompleks natriy bilan to‘yinishi mumkin.


Sho‘rtob tuproqlar hosil bo‘lishida soda eng asosiy omillardan hisoblanadi. Shuning uchun tuproqda soda qanday jarayonlar tufayli paydo bo‘linishi ham bilishimiz kerak.
Tabiiy sharoitda ma’lum miqdorda tarkibida natriyni saqlaydigan magmatik va cho‘kindi jinslarning nurashi natijasida soda hosil bo‘ladi. Nurash jarayonida ajralib chiqadigan asos (Sa,Mg,Na va x.k)lar tuproq eritmasidagi karbonat angdrid bilan o‘zaro birikadi va karbonatlar, shu jumladan natriy karbonati hosil bo‘ladi. Eritma tarkibidagi neytral tuzlar va tuproq karbonatlarning o‘zaro ta’siri natijasida xam soda paydo bo‘lishi mumkin:

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin