Tuproqlarning sho‘rlanish darajasi va tipiga ko‘ra tasniflanishi
Tuproqning sho‘rlanish darajasi
Sho‘rlanish tipi, quruq qoldiq
Soda-xloridli
Soda-sulfatli
Sulfat-xloridli
Xlorid-sulfatli
Xloridli
Sulfatli
Sho‘rlanmagan
Kuchsiz sho‘rlangan
O‘rtacha sho‘rlangan
Kuchli sho‘rlangan
Sho‘rxoklar
0,15
0,15-0,25
0,25-0,4
0,4-0,6
0,6
0,15
0,15-0,25
0,3-0,5
0,5-0,7
0,7
0,2
0,2-0,3
0,3-0,6
0,6-1,0
1,0
0,25
0,25-0,4
0,4-0,7
0,7-1,2
1,2
0,15
0,15-0,3
0,3-0,5
0,5-0,8
0,8
0,3
0,3-0,6
0,6-1,0
1,0-2,0
2,0
Tuzlar miqdori va uning tarkibiga ko‘ra sho‘rlanish ma’lum chegaradan ortib ketganda tuproq paydo bo‘lish sharoiti o‘zgaradi, birinchi navbatda dastlabki tipga xos bo‘lgan morfologik belgilar o‘zgaradi, o‘simliklar xalok bo‘ladi va mikrofloralar tarkibi o‘zgaradi, natijada aloxida sho‘rxok tuproq tipi paydo bo‘ladi.
Ustki gorizontlarida tuz eng ko‘p 2-3 foizdan ortiq, ko‘pincha 10-30 foiz va undan ko‘p bo‘lsa, bunday tuproqlar tipik sho‘rxoklar deyiladi.
Tuz miqdori odatda tuproqning bir m qatlami uchun hisoblab chiqariladi. Keyingi ma’lumotlarga asosan sho‘rlangan tuproqlar jumlasiga tarkibida odatdagi agrotexnika sharoitida ekinlar hosildorligini 25 foizi va bundan ortiq kamaytirib yuboradigan miqdorda suvda oson eriydigan tuzlar(xloridlar, sulfatlar va boshqa), o‘rtacha eriydigan tuzlar(gips) hamda qiyin eriydigan tuzlar (kalsiy va magniy karbonatlari) bo‘lgan tuproqlar kiradi (V.V.Yegorov, N.G.Minashina). Shuningdek sho‘rxoksimon va sho‘rxoklar gipsli, sho‘xli «hardpen» (ko‘p miqdorda kalsiy karbonati va magniy-kalsiyli tuzlar bo‘ladi), sho‘rtobli va sho‘rtoblar, sho‘rtob-sho‘rxokli tuproqlar, gips-sho‘rxoksimon tuproqlar, orziqli (gips-sho‘xli) va orziqli sho‘rxoksimon tuproqlar ham ajratiladi.
Sho‘rlangan tuproqlar 2 tipchaga: gidromorf va avtomorf sho‘rxoklarga bo‘linadi. Gidromorf sho‘rxoklar esa o‘z navbatida quyidagi avlodlarga: tipik gidromorf, o‘tloq, botqoq sho‘rxoklar, sor (sho‘r) lar, dengiz bo‘yi sho‘rxoklari, ikkilamchi saz va cho‘l taqir tuproqlariga bo‘linadi. Ular minerallashgan sizot suvlar yer betiga yaqin joylashgan sharoitda paydo bo‘ladi.
Avtomorf sho‘rxoklar litogen, qoldiq va eol (shamol) do‘ngliklardagi sho‘rxoklarga bo‘linadi: ular sizot suvlari chuqur joylashganda hamda sho‘rlangan tuproq hosil qiluvchi jinslarda paydo bo‘ladi.
Sho‘rlangan tuproqlar tuzlarning tarkibiga ko‘ra ham turlarga ajratiladi. Tuzlarning tarkibi suvli so‘rimdagi anionlar va kationlar nisbatiga qarab aniqlanadi (41 rasm). Anionlar bo‘yicha sho‘rxoklar quyidagi gruppalarga bo‘linadi: xlorli, ya’ni tuzlarning tarkibida xlorli tuzlar (asosan NaCl, MgCl2), ko‘pchilikni tashkil etadi; sulfatli- bularda sulfatlar (asosan NaSO4, MgSO4)ko‘proq bo‘ladi; karbonatli, bularda karbonatlar (CaCO, MgCO3) ko‘p va soda (Na2CO3) bilan sho‘rlangan tuproqlar.
Tabiatda sho‘rlangan tuproqlar tarkibidagi tuzlar ko‘pincha aralashgan holda uchraydi. Bunday hollarda ular xlor-sulfatli, sulfat-xlorli yoki sulfat-sodali deb ataladi. Bunda ko‘pchilikni, ikkinchi o‘rinda aytilgan tuzlar tashkil etadi. Masalan, xlor-sulfatli sho‘rxoklarda sulfatlar, sulfat-xloridlida esa xlorli tuzlar ko‘p saqlanadi. Shunga ko‘ra sho‘rxoklar quyidagi gruppalarga bo‘linadi: xlorli quruq qoldiqda xlor 40 foizdan ortiq. Sulfatlida xlor 10 foizdan kam, xlor-sulfatlida xlor 10-25 foiz 2 – sulfat-xlorlida xlor 25-40 foiz. Bundan tashqari tabiatda- nitratli, nitrat-xlorli va boratli (B2O3) sho‘rxoklar xam uchraydi.
Anionlardan tashqari, sho‘rxoklar kationlarning miqdoriga ko‘ra xam gruppalarga bo‘linadi. Bu belgiga ko‘ra natriyli, magniyli, kalsiyli va boshqa sho‘rxoklar bo‘ladi.Sho‘rxok tuproqlarda suvda oson eriydigan tuzlar juda xilma-xil bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pincha bu tuzlar uchta kation Na+, Mg+2, Ca2+ va to‘rtta anion Cl- , SO24- , CO23- , HCO3- larning tabiiy sharoitdagi xar xil kombinasiyalardantashkil topgan quyidagi tuzlar hosil bo‘lishi mumkin. NaCl, Na2SO4, Na2CO3, NaHCO3, MgSO4, MgCl2, MgCO3, Mg(HCO3)2, CaCl2, CaSO4, CaCO3, Ca(HCO3)2.
Tabiatda nitratli sho‘rxoklar (KNO3, NaNO3) juda kam uchraydi. Bunday sho‘rxoklar qadimgi shahar, qurg‘on, karvonsaroy, qo‘ylar yotadigan joylarda NaCl, CaSO4, Ca(HCO8)2, NgCl2, MgSO4 tuzlar bilan aralashgan holda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va boshqa jumxuriyatlarning ayniqsa cho‘l rayonlarida uchraydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan tuzlarning ko‘pchiligi o‘simliklarning normal o‘sishi va rivojlanishiga kuchli to‘sqinlik qiladi, ba’zilari esa kam miqdorda bo‘lsa ham o‘simliklarga juda zararli hisoblanadi. Tekshirishlar natijasida aniqlanganki, tuproqda xlorli va sulfatli tuzlar 0,1 foizdan oshsa, o‘simliklar zararlana boshlaydi, ularning miqdori 0,3-0,5 foiz bo‘lganda o‘simliklar o‘sishdan to‘xtab kolishi mumkin.O‘simliklar uchun eng zararli tuz kir sodasi (Na2CO3) va nordon (choy) sodadir (NaHCO3). Agarda kir soda (Na2CO3 ) ning miqdori tuproqda 0,005 foiz bo‘lsa, o‘simliklarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tarkibida xlor ioni bo‘lgan tuzlar o‘simliklar uchun juda zararli hisoblanadi.
V.A. Kovda ko‘p yillik tadqiqotlarni umumlashtirib, sho‘rlanish tipiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi to‘rtta viloyatni ajratdi:
Sizot sho‘r suvlarining tuproq profili bo‘ylab kapillyar yo‘llar orqali uzluksiz ravishda pastdan yuqoriga ko‘tarilishini to‘xtatish va tuproqda yig‘ilgan zararli tuzlarni yo‘qotish yo‘li bilan sho‘rlangan tuproqlarning sho‘rini ketkazish va ularni yaxshilash mumkin.
Sho‘rlangan tuproqlardan samarali foydalanish uchun murakkab meliorativ tadbirlarni amalga oshirish, jumladan tuproqni zarali tuzlardan tozalash, ya’ni yuvish talab etiladi. Shu maqsadda pollar kilinib tuproqning sho‘ri yuviladi. Sho‘r yuvishni muvaffaqiyatli o‘tkazishning muhim shartlari-dalalarni tekislash hamda zovurlar va kollektor tarmoqlarini qurishdir.
Dalalardagi turli sho‘r dog‘larini yo‘qotish ham paxtadan yuqori hosil olish va uning tannarxini kamaytirishning katta rezervidir. Tuproqning sho‘rini yuvish uning qay darajada sho‘rlanganligiga qarab turli normada va bir necha marta yuviladi. Tuproqning mexanik tarkibiga ko‘ra odatda ilgari o‘zlashtirilgan maydonlarning har gektariga 2-5 ming kubmetr suv oqizib yuviladi, shuncha miqdordagi suv 1-3 marta beriladi.
Sho‘rlangan tuproqlarni sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida o‘zlashtirishda qayta sho‘rlanishning oldini olishga alohida e’tibor berish kerak.
Dalalar atrofiga va sug‘orish shaxobchalari bo‘ylab ekilgan ihota daraxtzorlari iqlimning issiqligi va quruqligini hamda shamolning ta’sirini kamaytiradi. Bu esa tuproq betidan suvning bug‘lanib ketishini ancha sekinlashtiradi, natijada sho‘rlanish kamayadi.
Sug‘oriladigan tuproqlarning qayta sho‘rlanishi dehqonchilik uchun ancha katta xavf tug‘diradi. Zamonaviy sug‘orish sistemalarining ko‘pchiligi gidrozolyasiyasiz qurilib, ya’ni suv singdirmaydigan qoplamalardan foydalanilmayotir. Buning oqibatida sizot suvlar yuqoriga tez ko‘tarilib (ba’zan yiliga 0,5-2m va bundan ham ko‘proq) tuproq yuzasiga chiqadi, agar tabiiy ravishda oqib ketmasa yer botqoqlanadi va sho‘rlanadi.