9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Nam subtropik o‘rmon tuproqlar-



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə31/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Nam subtropik o‘rmon tuproqlar- nam va iliq iqlimli sharoitda hosil bo‘ladi. Yog‘inlar miqdori 1000-2500 mm. Asosan kuz-qishda yog‘inlar ko‘proq va havoning nisbiy namligi juda yuqori (75-80 foiz). Havoning o‘rtacha yillik harorati 13-15 0S, iyulda 21-230C va yanvarda 5-70S. 100C dan yuqori hararatning umumiy miqdori 3000-40000C. O‘sish davri 240-250 kun.
Qizil tuproqlar- podzollashmagan tipik qizil tuproqlarning profili quyidagicha tuzilgan: A0-3-4 sm, chim yoki paporotnik (qirqquloq) ning chala chirigan qoldiqlari va daraxtlarning hazonlaridan iborat o‘rmon to‘shamasi; A1 - gumusli gorizont, bo‘zg‘ish-to‘q jigarrang, uvoqli-donador strukturali, og‘ir qumoq yoki soz mexanik tarkibli, g‘ovak qovushmali bo‘lib, qirqquloqlarning ko‘plab ildizlari uchraydi; qalinligi 20-25 sm; V-o‘tuvchi gorizont, o‘z navbatida V1 va V2 ga bo‘linadi; V1-bo‘zg‘ish -qizil, uvoqli, og‘ir qumoq yoki qumoq, zichroq; V2-qo‘ng‘ir-qizil, qora va och sariq dog‘lar uchraydi, ancha zich uvoqli, og‘ir qumoq yoki soz tarkibli.
V gorizontining umumiy qalinligi 35-45 sm dan 70-80 sm gacha; S- tuproq ona jinsi rangi bir xil emas, umuman qizil rangli bo‘lib, temir, marganesning yirik qora konkresiyalari va och sariq kremnezyom dog‘lari uchraydi, yong‘oqsimon uvoqli, og‘ir qumoq, zich qovushmali.
Qizil tuproqlar 2 tipchaga: tipik (podzollashmagan) va podzollashgan tuproqlarga bo‘linadi. Tipik qizil tuproqlar tog‘ yonbag‘irlarining qiya tekisliklarida uchraydi va o‘ziga xos kimyoviy tarkibi bilan ajralib turadi (8.2.7-jadval)
8.2.7-jadval
Qizil tuproqlarning kimyoviy tarkibi
(M.N.Sabashvili bo‘yicha)




Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin