9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlar-



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə39/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlar- keng tarqalgan bo‘lib, qadimgi vohalar shu yerda joylashgan. Jumladan, Xorazm va Chimboy vohalari hamda Chorjo‘y va Qarshi nohiyalari, Amudaryoning o‘rta oqimi vodiylari, Buxoro va Qorako‘l vohalari doirasida, Zarafshon daryosi etagida, shuningdek Sirdaryoning qadimgi va hozirgi deltasida 2,5-3 ming yillar davomida sug‘orilib kelinadigan tuproqlar keng tarqalgan. Uzoq muddatli sug‘orilib dehqonchilik olib boriladigan yerlar relyefi tekis bo‘lib, tuproqning morfologik tuzilishi, kimyoviy va fizikaviy xossalari hamda unumdorligida katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Bu xususiyatlar sug‘orish suvlari keltirib yotqizadigan agroirrigasiya qatlamining qalinligiga va tarkibiga qarab o‘zgaradi.
Agroirrigasiya qatlamining qalinligiga ko‘ra: qalin bo‘lmagan –<30 sm; o‘rtacha qalinlikdagi 30-70 sm va qalin qatlamli tuproq – 70 sm dan oshiq kabi avlodlarga bo‘linadi.
Voha-o‘tloq tuproqlarning ayrim agrokimyoviy ko‘rsatkichlari 80 – jadvalda berilgan. Allyuvial voha-o‘tloq tuproqlarning yuqori gorizontlarida gumus –1-1,3 foiz atrofida bo‘lib shunga ko‘ra azot (0,06-0,07 foiz), fosfor va kaliy miqdori ham o‘zgaradi. Soz voha-o‘tloq tuproqlarida gumus (1,67 foiz), azot (0,14 foiz) va ayniqsa harakatchan kaliy miqdori (300mg/kg) ko‘proq.
Allyuvial botqoq-o‘tloq tuproqlar- chim qatlami yaxshi ifodalangan va serchirindi tuproqlar kiradi. Bu yerlarda sizot suvlari yaqin (1 mm atrofida) joylashib, gley gorizonti ham uncha chuqurda emas.
Yer osti suvlarning tez bug‘lanishi, sizot suvlarining yaxshi oqib ketishi va hatto toshqinlardan keyin ham, ular sathining tez pasayib borishi sababli, cho‘l zonasida botqoq-o‘tloq tuproqlar kam uchraydi.
Sug‘oriladigan yerlarda, ayniqsa sholi ekiladigan rayonlarda sizot suvlari butun vegetasiya davrida yuza joylashadi. Natijada botqoqlanish alomatlari 50 sm chuqurlikdan boshlab, dastlab zangli dog‘lar, so‘ngra ko‘kimtir tusli dog‘lari bo‘lgan gley gorizonti yaxshi ifodalanadi. Botqoq-o‘tloq tuproqlar 1,5-2,0 foiz atrofida gumus saqlaydi va odatda cho‘l zonasida sho‘rlangan bo‘ladi. Suv bosib turadigan va doim sug‘orilib (ayniqsa sholi maydonlari) kelinadigan yerlarda tuproq tuzlardan ancha yuvilgan.
Allyuvial botqoq tuproqlar-sohil va sohil usti terrasalaridagi past tekistliklarda, ayniqsa daryo irmoqlarining tepalari oraligidagi chuqurliklarda hamda dengiz bo‘yidagi mavsumiy ravishda suv bosib turadigan yerlarda ancha keng tarqalgan. Bu tuproqlar sizot suvlari yaqin (ko‘pincha 0,5 m dan yuqori) va toshqin suvlari yangitdan keltirilgan yotqiziqlar ustida hosil bo‘ladi. Yangi paydo bo‘lgan botqoq tuproqlarning yuqori qatlamlari och ko‘kimtir - kul rang bo‘lib, chala chirigan o‘simlik qoldiqlari ko‘p uchraydi. Ba’zan chirindi qatlami ko‘milgan gorizontlar ham bo‘ladi. Yosh botqoq tuproqlarda 1 foizgacha gumus, 0,04-0,07 foiz azot bor. Torfli qatlamlarda gumus ko‘p.(3-6 foizgacha) va shunga ko‘ra azot, fosfor miqdori ham ancha yuqori.
Singdirish sig‘imi 100 g tuproqda o‘rtacha 13 mg-ekv bo‘lib, tarkibida kalsiy 8-13 mg/ekv magniy 1,5 – 2,5 mg/ekv ni tashkil etadi.
Botqoq tuproqlarni doim suv bosib turganligi va meliorasiyalashning ancha murakkabligi sababli ular dehqonchilikda kam foydalaniladi. Ammo keyingi yillarda shunday botqoqli yerlar quritilib, O‘rta Osiyoning ko‘p joylarida o‘zlashtirilgan.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin