9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Taqirli tuproqlarining kelib chiqishi



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə47/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Taqirli tuproqlarining kelib chiqishi. O‘zbekiston cho‘llarida taqir tuproqlar qatori taqirli (taqirsimon) tuproqlar ham keng tarqalgan. Bu tuproqlar ko‘pincha qurigan allyuvial va prolyuvial-allyuvial tekisliklarda keng tarqalgan bo‘lib, Amudarѐ, Qashqadarѐ deltalarida, Sirdarѐning o‘rta qismida ancha katta maydonni egallaydi.
Taqirli tuproqlar cho‘l zonasidagi yaxshi tuproqlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham bu tuproqlar cho‘lni boshqa tuproqlarga nisbatan ko‘proq o‘zlashtirilgan.
Taqirli tuproqlarning morfologik tuzilishi, tuproq yuzasida uncha mustaxkam bo‘lmagan 2-6 sm qalinlikdagi g‘ovak holdagi qatqalog‘ining usti darzlarga bo‘lingan bo‘lib, ko‘pincha qum bilan qoplangan bo‘ladi. Undan pastdagi qatlam tangasimon och kul rang bo‘g‘iz ѐki qo‘ng‘ir tusli gorizont uncha yaxshi ifodalanmagan. Chirindili qatlamni kamligi 20-30 sm taqirli tuproqlarda karbonatli qatlamlar uncha aniq ifodalanmagan. Karbonat angidrid karbonatlarni miqdori ko‘pincha ularning mexanik tarkibiga bog‘liq, gipsli qatlamlar ko‘pincha og‘ir mexanikli ѐtqiziqlarda uchraydi.
Taqirli tuproqlar taqirlarga nisbatan gumusga boy bo‘lib, suv-fizik xossalarni qulayligi bilan xarakterlanadi.
Taqirli tuproqlar tarkibi va xossalari. Taqirli tuproqlarning mexanik tarkibi tuproq paydo bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra xilma-xil bo‘lib, ko‘proq qumloq tarkiblisi ko‘p uchraydi. Qatqaloq ustida ko‘proq to‘planganligi taqirli tuproqlarga xos bo‘lib, qatqaloq osti va sho‘rtobli gorizonti ancha og‘ir mexanik tarkiblidir.
Taqirli tuproqlarda gumus miqdori yuqori qatlamlarida 0.7-1 foizgacha bo‘lib, shu ko‘rsatkichlari bilan taqirlardan farq qiladi. Ayrim darѐ vodiylaridagi allyuvial-o‘tloq taqirli tuproqlarda gumus 1.0-1.5 foizgacha bo‘lishi mumkin. Azot miqdori 0.06-0.096 foiz, fosfor 0.120-0.140 harakatchan fosfor tuproqning yuqori qatlamlarida 32-42 mg/kg umumiy kaliy miqdori ancha ko‘p, harakatchan kaliy miqdori yuqori, ya’ni ta’minlangan.
Taqirli tuproqlarda С:N bo‘lgan nisbati yuqori qatlamlarda 6 dan 9 gacha pastki (100-80 sm) qatlamlarda bu ko‘rsatkich qisqarib 3-4% tashkil etadi. Bunday o‘zgarishlar taqirli tuproqlarda gumusni azotga yaxshi to‘yinganligiga bog‘liqdir. SHo‘rlanish darajasiga qarab, sho‘rlanmagan, sho‘rxoqsimon, sho‘rxokli taqirli tuproqlarga ajratiladi. Tuproq tarkibida tuzlar sulfatli ѐki xloridli bo‘lib ko‘pincha sulfatlixloridli sho‘rlanish tipiga ajaratiladi. Ko‘pincha taqirli tuproqlarni yuqori qatlamlari sho‘rlanmagan, ammo taqirli tuproqldar orasida sho‘rtobli ayirmalari uchrashi mumkin.
Taqirli tuproqlarda singdirish sig‘imi 100 gr tuproqda 7-9 mg.ekvivalentni tashkil etadi. Singdirilgan kationlar tarkibida kalsiy ko‘p. SHo‘rtobsimon taqirli tuproqlarda singdirilgan natriy 5-7 foizni tashkil etadi. Singdirilgan kaliylar miqdori sho‘rlanmagan taqirli tuproqlarni yuqori qatlamlarida 8-9 sho‘rtobsimonlarida 1-4 foizni tashkil etadi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin