Gidromorf tuproqlardan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish.
Gidromorf tuproqlar. Cho‘l va bo‘z tuproqlar mintaqasidagi daryolarning quyi terrasalarida, ko‘l qirg‘oqlarida, darѐlarning eski o‘zanlari xamda ko‘llarning qadimgi o‘rinlarida, shuningdek tog‘ osti qiyaliklari va xavzalar quyi qismlarida uchraydi.
Gidromorf tuproqlar sizot suvlari yuza ( 0,5-3,0 m) joylashgan, doimiy namlik, ya’ni tuproq kapillyarlari ta’sirida bo‘ladigan o‘tloq, botqoq, botqoq-o‘tloq tuproqlar va sho‘rxoklardan iborat.
Gidrogeologik sharoitlarga ko‘ra gidromorf tuproqlar allyuvial rejimdagi va saz rejimli tuproqlarga ajratiladi. Allyuvial rejim darѐ vodiylarida sizot suvlari barqaror bo‘lmagan sharoitda yuzaga keladi. Saz rejimi tog‘ oldi qiya tekisliklarda va ѐyilmalarda tog‘lardan oqaѐtgan bosimli sizot suvlarining barqaror bo‘lgan sharoitida xosil bo‘ladi. xar ikkala rejimda xam o‘tloq, botqoq-o‘tloq, botqoq tuproqlar va sho‘rxoklar xosil bo‘ladi.
Yer osti suvlari yaxshi oqib ketadigan sharoitda sizot suvlari odatda kam minerallashgan bo‘lib, bo‘z tuproqlarning yuqori mintaqalari uchun va tog‘ oldi viloyatlariga xosdir.Odatda bunday sharoitda sho‘rlanmagan gidromorf tuproqlar xosil bo‘ladi. Yer osti suvlari kam oqib ketadigan joylarda sizot suvlarining minerallashuvi yuqori bo‘lganligi sababli, cho‘l mintaqasidagi va qisman bo‘z tuproqlarning kuyi mintaqalaridagi gidromorf tuproqlar turli darajada sho‘rlangandir.
Sug‘orib dexqonchilik qilinadigan maydonlarda, sug‘orish suvlari ta’sirida yer osti sizot suvlarining qayta ko‘tarilishi va kam oqib ketishi ro‘y beradigan sharoitda avtomorf tuproqlardan gidromorf tuproqlar xam xosil bo‘ladi.Bunda bo‘z tuproqlarning o‘tloq tuproqlarga o‘tishi uchun ancha uzoq vaqt kerak bo‘ladi. Yer osti suvlari pasaygan sharoitda gidromorf tuproqlar mintaqa-taqir va bo‘z tuproqlar singarilarga aylanadi. Bu xam uzoq davom etadigan jaraѐn bo‘lib, gidromorf tuproqlardan avtomorf tuproqlarga o‘tuvchi tuproqlar jumlasiga o‘tloq bo‘z, o‘tloq-taqir tuproq kabilar kiradi.
Turli tuproq mintaqalarining gidromorf tuproqlari bir-biridan farq qiladi.Chunki bu tuproqlarning rivojlanishiga sizot suvlaridan tashqari xar bir mintaqaning tabiiy sharoitlari-iqlimi, tuproq paydo qiluvchi ona jinslar tarkibi, o‘simliklar qoplamasi va boshqalar katta ta’sir etadi. Shuning uchun xam ularning zonal joylashuviga ko‘ra-cho‘l mintaqasi va bo‘z tuproqlar mintaqasi gidromorf tuproqlariga ajratiladi.
Bo‘z tuproqli xududning yuqori qismlarida gidromorf tuproqlar sho‘rlanmagan, chunki sizot suvi chuchuk, cho‘l mintaqasida esa o‘tloqli, botqoqo‘tloqli, botqoq tuproqlar va sho‘rxoklar ma’lum darajada sho‘rlangan, chunki bu mintaqaning sizot suvi minerallashgan. O‘zbekistonda sug‘oriladigan maydonlarining deyarli 40 foizini gidromorf tuproqlar tashkil etadi.