13.2. Bo‘z tuproqlar klassifikatsiyasi,hossalari va xususiyatlari.
Tayanch so‘z va iboralar: bo‘z tuproqlar,klassifikatsiya, tuproq tipchasi,Och tusli bo‘z, tuproqlar, tipik bo‘z tuproqlar, to‘q tusli bo‘z tuproqlar, morfologik belgilar, fizikaviy, mexanik tarkib.
Yuqorida ko‘rsatilgan diagnostik belgilar bo‘z tuproqlarga mansub bo‘lib, faqat ularning tipchalarida miqdori xususiyatlari va hossalari kamayadi yoki ko‘payadi. Shuning uchun bo‘z tuproqlarning diagnostik belgilarini bir-biridan ajratishda hamda ularning orasida tipchalarini bo‘lishida sho‘rlanish va eroziyaga chalinish jaraѐnlarini ham inobatga olish maqsadga muovfiq bo‘ladi.
Bo‘z tuproqlar o‘zlarining diagnosti ko‘rsatkichlariga,begilariga alomatlariga qarab 3 ta tuproq tipchasiga bo‘linadi:
1. Och tusli bo‘z tuproqlar.
2. Tipik bo‘z tuproqlar.
3. To‘q tusli bo‘z tuproqlar.
Och tusli bo‘z tuproqlar zonaning ancha quruq mintaqasida tarqalgan tipcha bo‘lib, bo‘z tuproqlar zonasining cho‘l zonasi bilan tutushgan quyi qismida odatda dengiz satxidan 300-400 dan 500-600 m gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan.
Tipik bo‘z tuproqlar 450-700 m balandlikda, to‘q tusli bo‘z tuproqlar esa 600-900 m balandliklarda yoki tog‘li jigarrang tuproqlar bilan chegaralangan joylarda uchraydi.
Och tusli bo‘z tuproqlarning kesmasini tuzilishi quyidagidan iborat kesma №71005, N.I.Kimberg. o‘rta qumoqli lyosslar rivojlangan. Qarshi shahridan 25 km sharqda Hisor tog‘ tizmasining tog‘ oldi adir tekisliklarida keng rivojlangan. O‘simliklari asoan efimerlardan iborat.
А1 – 0-5 sm, chimli, och tusli bo‘z kesakli, strukturali, o‘rta qumoqli.
А2 – 5-16 sm, bo‘z kulrang, och tusli, yuqoridagi gorizontga nisbatan biroz ochiq rangli, zichlangan, o‘rta qumoqli, juda ko‘p o‘simliklarning ildizlari bilan qoplangan.
В1 – 16-55 sm, bo‘z qo‘ng‘ir, zichlanmagan, o‘rta qumoqli, kam karbonatli. karbonatlar mayda dog‘lar shaklida uchraydi.
В2 – 55-87 sm, och tusli, qo‘ng‘ir, juda mayin g‘ovakli, changli yengil qumoqli, lyoss. 165 sm chuqurlikda qattiq jipslashgan gips dog‘lari uchraydi.
Och tusli bo‘z tuproqlar gumusning kamligi sabali uning morfologik genetik gorizontlari uncha yoriq ifodalanmagan. Xlorid kislota ta’sirida hamma gorizontlar shiddatli qaynaydi. Xashoratlar va turli jonivorlar inlarining bo‘lishi rivojlanishi va tarqalishi bu tuproqlar uchun xarakterlidir.
Tipik bo‘z tuproqlar O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 300-500 m dengiz satxidan balandliklarda rivojlangan. O‘simliklari efimerlar va efimeriodlardan iborat. Bu tuproqlarning kesmasining tuzilishi quyidagicha: