9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Taqirli tuproqlarning fizik xossalari



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə48/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Taqirli tuproqlarning fizik xossalari. Umuman olganda taqirli tuproqlarni ko‘pgina xossa-xususiyatlari taqirlarga nisbatan ancha yaxshi. Ko‘p yillik sug‘orishlar natijasida taqirli tuproq unumdorligi yaxshilanmoqda, tuproq tarkibida gumus va ozuqa moddalar miqdori ko‘payib, tuproqni chirindili qatlam qalinligi ortib bormoqda, bu esa qishloq xo‘jaligida bu tuproqlardan foydalanish samarali oshib bormoqda.
Taqir va taqirli tuproqlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish. Taqir va taqirli tuproqlardan samarali foydalanish uchun birinchi navbatda unumdorligini va meliorativ holatini yaxshilashga bag‘ishlangan quyidagi chora tadbirlar olib borishni tavsiya etadi:
1. Yerga har gektariga 15-20 t organik o‘g‘it solish, ko‘p yillik o‘tlar ekish;
2. Paxta, don, beda almashlab ekishni joriy qilish;
3. Mineral o‘g‘itlardan azotli, fosforli o‘g‘itlardan keng foydalanish;
4. Yerlarni chuqur haydash, sug‘orishdan keyin bo‘ladigan qatqaloqni yer beti ѐrilib ketmasdan kultivatsiya o‘tkazish va boshqa choratadbirlar olib borish zarur;
5. SHo‘rlangan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kollektor-zovurlarni ishlashini ta’minlash, sho‘r yuvish va qish mavsumida yerga yaxob suvi berish kabi dolzarb ishlarni amalga oshirish va boshqalar.
Taqir tuproqlarning unumdorligini oshirishning samarali usullaridan yerga go‘ng, turi kompostlar tayѐrlab o‘g‘itlash vaturli ko‘p bir yillik oraliq ekinlar ekish muhim ahamiyatga egadir. Organik bakterial o‘g‘itlar solish bir tomondan tuproqni ozuqa moddalar bilan boyitish bo‘lsa, ikkinchi tomondan tuproqning biologik aktivligini oshiradi, struktarsini fizik, fizik-mexanik yaxshilaydi.
Ko‘p yillik ilmiy-tadqiqotlar va ilg‘or-dehqonlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, taqirlarga qum solish usuli yaxshi natijaga erishganlar. Taqir tuproqlarga gektariga 1000 t/gacha qum solishganda uning fizik va fizikmexanik ko‘rsatkichlari yaxshilanib, unumdorligi ancha yaxshilanadi.
SHo‘rxoq tuproqlarni yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar bilan qatordan, ularni sho‘rini yuvish, yuvib yerga har-xil o‘tlar sideratlar ekish, o‘zlashtirish omillaridan biri hisoblanadi.
Qaytarish uchun savol va topshiriqlar 
1.Taqir tuproqlarning tarqalishi?
2.Taqir tuproqlarning xossalari?
3.Taqir tuproqlarning fizik xossalari?
4. Taqirli tuproqlarning tarqalishi?
5. Taqirli tuproqlarning xossalari?
6. Taqirli tuproqlarning fizik xossalari?



Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin