9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Bo‘z tuproqlarning umumiy belgilari



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə51/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Bo‘z tuproqlarning umumiy belgilari. Bo‘z tuproqlarning asosiy belgilari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda rivojlangan to‘rtlamchi ona jinslarda, lyosslarda rivojlanganligidir, lyosslardan tashqari bo‘z tuproqlar kam qatlamli prolyuvial yotqiziqlarda ham rivojlanadi. Ayrim tog‘li hududlarda bu tuproqlar tog‘li jinslarning ellyuvial yotqiziqlarida ham uchraydi.
Markaziy Osiyo olimlarining fikriga qaraganda (geologlar, tuproqshunoslar, geograflar, botaniklar va boshqa) lyosslar tog‘lardan tushadigan oqova suvlarning ta’sirida paydo bo‘lgan. Biroq bu fikr ko‘p tabiatshunoslar tomonidan inqirozga uchramoqda.
Lyosslarning asosiy tarkibi bo‘zsimon rangli zarrachalardan tuzilgan. Bu rangdagi mayda zarrachali jinslar Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy va boshqa joylarda tarqalgan cho‘llardagi qumli to‘plamdagi zarrachalarning geologik davrlarining o‘tishi davomida joylaridan uchirilib tog‘larda shamollar ta’sirida hosil bo‘lgan degan fikrlar ham mavjud.
Lyosslar tuproq paydo bo‘lish ona jinsi sifatida o‘ziga xos tarkibga va xususiyatga ega. Bu alomatlarga quyidagilar kiradi.
1) Mexanik tarkibida changli zarrachalarning ko‘pligi
2) Mikroagregatligi
3) Umumiy g‘ovakligining balandligi
4) Karbonatlarga boyligi
5) Kolloidlar miqdorining kamligi
6) Singdirish kompleksining pastligi.
Lyosslarning bu xususiyatlari, ularda rivojlangan bo‘z tuproqlarning ko‘rinishini, tuzilishini, belgilarini va hossalarini tarkibini mamlakatimizda tarqalgan boshqa tuproqlardan ajratib turadi. Past adirlardan tog‘li hududlarga qarab ko‘tarilgan sari yog‘ingarchilik miqdori 170 mm dan to 600 mm ga qadar ko‘payib boradi. O‘simliklarning turlari va sonlari ham oshib boradi, natijada biologik faoliyat kuchayadi. Tuproqlarning yuza qismida chimli qatlam paydo bo‘ladi. Yog‘ingarchilik miqdori ko‘p bo‘lganligi sababli bu yerlarda lalmikor dehqonchiligi ham rivojlangan. Qish davrida muzlanish davri qisqaradi (170-240 kun), yoz kunlari umumiy aktiv harorat miqdori 3500S dan to 5800S ga qadar ko‘payadi. Shuning uchun bo‘z tuproqlar tarqalgan hududlarda sug‘orish dehqonchili ko‘p asrlar davomida rivojlangan. Yuqorida ko‘rsatilgan faktorlar tabiiy shart-sharoitlar tog‘ oldi hududlarda, adirlarda, tog‘larda bo‘z tuproqlarning rivojlanishiga va geografik tarqalishiga olib keladi. Bo‘z tuproqlarning kesmasidagi gorizontlarini tuzilishi quyidagidan iborat.
А-А-В-Вса-ВС
А – gumusli, bo‘z rangli, chimli, g‘ovakli, kichik kesakli va changsimon, qalinligi 12-17 sm.
АВ – o‘tovchi kam gumusli, ko‘p teshikli va g‘ovakli, yomg‘ir chuvalchangining izlari juda ko‘p, bo‘z gulrang, kesakli karbonatli, qalinligi 15-26 sm.
Вса – karbonatli yuvilgan (ellyuvialli), qo‘ng‘ir kulrang, zichlangan, karbonatli qalinligi 60-100 sm.
ВС – tuproq osti lyossli jins, kulrang, sarg‘ish bir xil rangda, ayrim joylarda gips va karbonatlar uchraydi. Gumus miqdori 1-3,5 % gumusning bunday miqdorda o‘zgarishi bo‘z tuproqlar tipchalarining har xil balandliklarda va hududlarda turlicha rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Atmosfera ѐg‘in miqdori bo‘z tuproqlarni to 1-2 m ga qadar namlatishga ѐki suv o‘tkazuvchanligini olib keladi.
Pastga gorizontlarda namlanish kuzatilmaydi. Shuning uchun bu tuproqlarning pastki gorizontlarida karbonatli va gipsli qatlamlar vujudga keladi. Karbonatlarning miqdori 5-11%. Laboratoriya analizlariga qaraganda bu tuproqlarda loylanish jaraѐnlari tuproq kesmasini o‘rta va pastki qismida uchraydi. Shuning uchun bu kichik zarrachalar tuproqdagi karbonatlar bilan qo‘shilib, birikib suvda erimaydigan ѐki eriydigan mikroagregatlar hosil bo‘ladi
Bo‘z tuproqlarning yana bir umumiy hossalaridan biri u ham bo‘lsa sindirish kompleksining kichik miqdorda bo‘lishi, (8-16 mg/ekv 100 g tuproqda) biologik jaraѐnlar natijasida Р va К ning to‘planishi (0,1-3%) hamda К ning ko‘pligi (0,05-0,2%).

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin