9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


-MAVZU- O‘zbekistonning bo‘z tuproqlari



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə50/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

13-MAVZU- O‘zbekistonning bo‘z tuproqlari.
Reja:

  1. Bo‘z tuproqlarning umumiy tavsifi.

  2. Bo‘z tuproqlar klassifikatsiyasi, hossalari va xususiyatlari.

  3. Bo‘z tuproqlardan qishloq xo‘jaligida foydalanilish.

Bo‘z tuproqlarning umumiy tavsifi. Bo‘z tuproqlar respublikamizning vertikal zonasidagi asosiy avtomorf tuproqlardan hisoblanadi. Bu tuproqlar tog‘ oldi va tog‘li hududlarda tarqalgan. Ularning rivojlanishi asosan efimer-dasht o‘simliklar zonasida bo‘lib, O‘zbekistonga chegaradosh Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalarning hududlarida, shuningdek boshqa yaqin va uzoq sharq davlatldarda ham ko‘p tarqalgan. Shunday qilib bo‘z tuproqlar Tyan-Shan va Pomir Oloy tog‘ tizmalarining yonbag‘irlarida rivojlangan bo‘lib, vertikal tuproqlar zonasini 1-chi bosqichini egallaydi. Bu tuproqlar O‘zbekistonda Hisor tog‘larining hamda Farg‘ona, Chirchiq, Oxangaron, Mirzacho‘l, sanzar-Nurota, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxandaryo vodiylarida juda ko‘p tarqalgan. Bu hududlarda bo‘z tuproqlar tog‘ oldi prolyuvial tekisliklarda, past va baland adirlarda va tog‘larda tarqalgan bo‘lib, mamlakatimizning vertikal tuproqlar zonasiga mos bo‘lgan bo‘z tuproqlar zonasini tashkil qiladi.
Bo‘z tuproqlar mamlakatimizning shimolida Chirchiq-Oxangaron daryo xavzalarida 1200-1300 m balandlikda tarqalgan bo‘lsa, respublikamizning janubiy hududlarida (Surxandaryo, Qashqadaryo va boshqa) bu tuproqlar 1500-1600 m balandliklardan uchraydi. Bo‘z tuproqlar yuqori vertikal zonasida jigarrang tuproqlar bilan past qismida esa Turon past tekisligida rivojlangan cho‘lli bo‘z qo‘ng‘ir tuproqlar bilan chegaradoshdir. Bo‘z tuproqlarning bu xildagi tarqalishi va joylanishi ularni Yevroosiyoda boshqa tuproqlardan ajratib turadi. Bo‘z tuproqlarga o‘ziga xos va mos belgilar, hossalar va xususiyatlar borligidan darak beradi. Shu sababli bo‘z tuproqlar hozirgi davrda Markaziy Osiѐ davlatlarining hududlaridan tashqari Afg‘oniston, Eron, Arabiston, Kavkaz, Hindiston, Xitoy hamda Amerika qit’asida rivojlanganligi aniqlangan.
Bo‘z tuproqlar bu och tusli bo‘z, g‘ovakli, yuza qismidan karbonatlashgan, kesmasidagi gorizontlarga aniq bo‘lingan, subtropik yarim dasht va dasht zonalarida rivojlangan tuproq tipidir.
Bo‘z tuproqlarning genezisini, geografiyasini va qishloq xo‘jaligida foydalanishi sohasida juda yaxshi ilmiy ishlarni quyidagi olimlar o‘zlarininrg katta hissalarini qo‘shganlar: S.S.Nestruyev (1913, 1915, 1931); A.N.Rozanov (1951); B.V.Gorbunov (1965); B.V.Gorbunov., J.Ikromov., D.R.Ismatov., G.M.Konoboyeva., P.A.Morozova (1975) va boshqalar.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin