Soxil-allyuvial o’troq tuproq, Amudaryoning quyi oqimi
0-3
3-8
8-28
3.23
2.67
1.05
0.395
0.168
0.115
10.6
9.1
5.1
0.134
0.099
0.096
6.1
4.8
-“-
1.86
2.55
1.40
Bugungi kunda Dunѐ bo‘yicha yer resurslarini ximoya qilish, ularni qayta tiklash va unumdorligini oshirishga butun jaxon xamjamiyati jalb etilmoqda . Tabiatni muxofazasi deyilganda insoniyatning xozirgi vaqtda yashaѐtgan vakillari va kelgusi avlodlarning moddiy va madaniy extiѐjlarini qondirish, insoniyat jamiyatning mavjud bo‘lishi uchun qulay shart- sharoit yaratish maqsadida tabiat boyliklari dan oqilona foydalanishi, ularni tiklash va saqlash, atrof- muxitni buzilish va ifloslanishdan muxofaza qilish borasida davlat tomonidan belgilangan ishlar xamda ijtimoiy tadbirlarini rejali tizimi tushuniladi.18 18 Enciclopedia of Soil Science Second Edition edited by Rattan lal 5-бет
Cho‘l iqlimli sharoitidagi gidromorf tuproqlarning sizot suvlari kuchsiz minerallashgan (0,5-1,2 g/l) bo‘lishiga qaramasdan, yuzada joylashganligi sababli ko‘pincha ular kuchsiz sho‘rlangan bo‘ladi.
Tuzlarning asosiy qismi ustki yupqa qatlamda va tuproq betida bo‘lib, ularning ko‘pchiligini natriy xlorid tuzi tashkil etadi.Sizot suvi chuchuk bo‘lgani xolda yerni sho‘r bosishi cho‘llardagi suvning nixoyatda ko‘p bug‘lanishi bilan bog‘liq. Toshqin vaqtida suv bosishi bilan tuproq ancha chuqur yuviladi va grunt suvlari chuchuq bo‘lib qoladi. Pastliklardagi tuproqlar ayniqsa kuchli yuviladi. Chunki bunday yerlar 15-30 kungacha xalqob bo‘lib ѐtadi, deltalarning suv bosmaydigan ѐki qisqa vaqt davomida suv bosadigan balandroq qismlari kam yuviladi. Bunday yerlar atrofidagi pastliklardan suvni shimib oladi va juda ko‘p miqdorda bug‘latadi. Shuning uchun bunday yerlarning tuprog‘i juda sho‘rlangan bo‘lib, ko‘pincha ular sho‘rxokka aylanadi. Tuzlar tarkibida xloridlar eng ko‘p uchraydi.
Qayir allyuvial tuproqli yerlardan poliz ekinlari, mosh, jo‘xori va sholi kabi ekinlar ekib foydalanish mumkin.