9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə61/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

14.2.2-jadval
Allyuvial chimli-o‘tloqi tuproqning kimyoviy tarkibi

Tuproq va joyni nomi

Chuqurligi, sm

Gumus, %

Azot, %

CO2 karbonatlar, %

Allyuvial

0-13

1.03

-

9.50

Chimli-o’tloqli tuproq

13-28

0.35

-

9.41

Amudaryo etagining o’ng sohili

49-68

0.49




9.91

Allyuvial chimli-o’tloqli tuproq

0-6

2.99

0.146

6.30

6-14

1.99

0.071

7.84

14-28

0.51

0.017

8.83

Amudaryo o’ng sohili

28-50

0.34

0.009

8.22

SHo‘rlanish kuchaygan sari suvga chidamli agregatlar miqdori 1,5-2 marta kamayadi. O‘tloqli tuproqlarda mikroagregatlar ko‘p. Bu tuproqlar suvni yaxshi o‘tkazadi. Shuningdek nam sig‘imi xam kattaroq.


Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar. Cho‘l mintaqasida sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar Xorazm va Chimboy voxalarining xammasida, Amudarѐning o‘rta oqimi vodiysida, Buxoro va qorako‘l voxalari doirasida, Zarafshon etagida shuningdek Sirdarѐning qadimgi va xozirgi deltasida anchagina maydonni egallaydi.
Uzoq vaqtdan beri sug‘orib, dexqonchilik qilingan yerlar betidagi ѐtqiziqlar relyefini, tuproqlarning morfologik tuzilishi, kimѐviy va fizikaviy xossalari xamda unumdorligini jiddiy o‘zgartirib yuborgan.
Tarixiy-arxeologik ma’lumotlarga qaraganda Amurdarѐ deltasi va vodiysida (Xorazm va Buxoro voxasida) sug‘orib dexqonchilik qilish bundan 1,5-2 ming yil ilgari xam bo‘lgan. Uzoq vaqt davomida sug‘orish agroirrigatsion qatlamlarning vujudga kelishiga yordam beradi va bunday qatlamlar qadimdan sug‘orilib kelinaѐtgan o‘tloqi tuproqlarda bo‘z tuproqlardagiga qaraganda anchagina qalin bo‘ladi. Masalan, Buxoro, Xorazm voxalarida bu qatlamlarning qalinligi 2-3 m ga yetadi. Irrigatsion cho‘kindilarning to‘planishi, tuproqqa maxaliy o‘g‘itlar solish va yerni tekislash natijasida relyef o‘zgaradi. Masalan, darѐ terrasalaridagi dastlabki qator tepali o‘nqir yerlarda sun’iy terrasalar vujudga keltirilgan. Sug‘orish va agroirrigatsion keltirilmalarning to‘planishi natijasida allyuvial-o‘tloqi tuproqlarning mexanik tarkibining xilmaxilligi kamayadi. Agroirrigatsion qatlamlar odatda boshdan-oѐq og‘ir va o‘rtacha qumoq mexanik tarkibli bo‘ladi. Yaqindan beri sug‘orilaѐtgan yerlardagi o‘tloqi tuproqlar qatlamining morfologik tuzilishi, ishlov beriladigan yuqori qatlamini mustasno qilganda, tub o‘zgarishlarga uchramaydi.
Qadimdan sug‘orilib kelinaѐtgan o‘tloqli tuproqlarning genetik qatlamlari yaxshi ajralib turmasligi bilan qo‘riq xolatdagi tuproqlardan farq qiladi. xaydalma qatlami 20-25 sm qalinlikda bo‘lib, och kul rang, uvoqli-changsimon tuzilmali sug‘oriladigan yerlar keyin ko‘pincha qatqaloq xosil qiladi. xaydalma tagi va undan pastdagi qatlamlar o‘zining rangiga ko‘ra xaydalma qatlamdan kam farq qiladi. Ba’zan xaydalma tagi qatlam zichlashgan bo‘ladi. Pastga tomon ko‘kimtir (zangori) va zangli dog‘lar paydo bo‘ladi.
Bu allyuvial voxa-o‘tloq tuproqlarda gumus kam (1,20-1,30%) saz voxa o‘tloqli tuproqlarda gumus miqdori 1,46-1,68 foiz, azot miqdori xam birmuncha ko‘proq va butun qatlam bo‘ylab biroz tekisrok taqsimlangan. Azot miqdori 0,064-0,139 foiz atrofida, fosfor ancha ko‘p, lekin u o‘simliklar kam o‘zlashtira oladigan xolda (14.2.3-jadval). Tuproqda karbonatlar ko‘p, ular butun qatlamlarda deyarli bir tekisda taqsimlangan

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin