9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


-MAVZU- SHo‘rlangan tuproqlar



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə69/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

15-MAVZU- SHo‘rlangan tuproqlar.
Reja:

  1. Sho‘rlangan tuproqlar, ularning kelib chikishi, xossalari, ulardan foydalanish.

  2. Tuproqdagi tuzlarning tuproq xossalari, o‘simliklar o‘sishi va hosildorligiga ta’siri.

  3. SHo‘rlangan tuproqlarni, sho‘rhoklarni va sho‘rtoblarni melioratsiya qilish.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarning qariyb 9,6 foizining meliorativ holati yomon bo‘lib, bu avvalo, tuproqning sho‘rlanish darajasi yuqoriligi va yer osti suvlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liqdir. Shunday ekan, sug‘orilib ekin ekiladigan yer maydonlarini yanada kengaytirish, ularning meliorativ holatini yaxshilash orqali unumdorligini orttirish bugungi qishloq xo‘jaligining eng muhim vazifalaridan hisoblanadi (Qo‘ziyev, 2000).
Bugungi kunga kelib respublika umumiy yer maydonining 46,3 % ini turli darajada sho‘rlangan yerlar tashkil etadi (O‘zbekiston Respublikasi tuproq qoplamlari Atlasi, 2010).
SHo‘r tuproqlar tarqalgan hududlar katta miqyosdagi tuproqgeokimyoviy formatsiya bo‘lib, turli xil tuproqlarni o‘zida birlashtiradi. Ularning umumiy belgilari quyidagilardan iborat: akkumulyativ yoki paleoakkumulyativ landshaftlarda hosil bo‘lishi, yuqori konsentratsiyadagi eritmalarda suvda oson eruvchi tuzlarning tuproq hosil bo‘lish jarayonlarida ishtirok etishi, tuproq eritmalarining yuqori konsentratsiyasi tuproq profilining turli qatlamlaridagi o‘ta yuqori ishqoriylik sababli o‘simliklarning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun noqulay sharoitlarni vujudga keltirishi (bundan sho‘r tuproqlarda o‘suvchi galofitlar mustasno) va boshqalar (Gafurova va b., 2003).
SHo‘rlangan tuproqlar deb tuproq profilida madaniy o‘simliklarning (galofit bo‘lmagan) rivojlanishi uchun zaharli ta’sir etuvchi, suvda oson eruvchi tuzlarni tutuvchi tuproqlarga aytiladi. Suvda oson eruvchi tuzlarga sovuq suvda gipsning (CaSO4∙2H2O) eruvchanligidan (2 g/l atrofida) ortiq eriydigan tuzlar kiradi. Agar tuproqning yuqorigi 0-30 sm qatlamida 0,6 % ortiq soda, 0,1 % dan ortiq xlor va 2% dan ortiq sulfatlar uchrasa, bunday sho‘r tuproqlar sho‘rhoklar deb ataladi. Tuproqlarning bunday tabaqalanishi tuzlarning turlicha zaharliligidan kelib chiqadi. Masalan, eng zaharli tuz soda (Na2CO3) hisoblanadi. Uning 0,6 % miqdori tuproqni butunlay unumsiz holatga keltiradi, 0,1 % atrofidagi miqdori o‘simliklarning normal o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Dunyo tuproq xaritasidagi (FAO) tuproqlar sistemastikasida (tizimida) yuqorigi 0-15 sm li qatlamda 3 % dan ortiq miqdorda tuz ushlagan tuproqlar sho‘rhoklar guruhiga kiritilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi tuzlar tuproqning yuza qatlamida emas, balki chuqurroq qatlamlarida bo‘lgan tuproqlar sho‘rhokli tuproqlar va shu miqdordan kam bo‘lgan, lekin tuproqning istalgan qatlamlarida uchrasa sho‘rhoksimon tuproqlar deb ataladi. Demak, tuproqlar tuzlarning tuproq profilida joylanishiga qarab yuza va chuqur sho‘rhoksimon bo‘lishi mumkin.
Sug‘oriladigan sho‘rlangan tuproqlarning hosildorligi tuproq hosil qiluvchi jinslarning xarakteriga, tuproq tiplariga, sug‘orish davrlariga, sho‘rlanganlik darajalariga hamda ularda o‘tkazilaѐtgan agrotexnik va meliorativ tadbirlarning majmvasiga bog‘liq. O‘zining kelib chiqishiga ko‘ra sug‘oriladigan sho‘rlangan tuproqlar turli tiplariga, jumladan och tusli bo‘z, o‘tloqi-bo‘z, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi, taqirli, taqiro‘tloqi va boshqa bo‘lishi mumkin. SHo‘rlangan sug‘oriladigan tuproqlardagi suvda oson eruvchi tuzlar asosan uch kation (Na+ , Ca++ , Mg++) va to‘rt anion (Сl - , SO4 -- , HCO3 - , CO3 --) ning kimѐviy birikishi natijasida hosil bo‘lgan 12 xil tuzdan iborat (15.2.1-jadval).

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin