15.2.2-jadval
Tuproqlarning ximizmi bo‘yicha sho‘rlanganlik darajasi
(xloridli sho‘rlanish tipidagi tuproqlar uchun)
SHo‘rlanganlik darajasi
|
0-100 sm li qatlamdagi tuzlar miqdori
|
quruq qoldiq
|
shu jumladan xlor
|
SHo‘rlanmagan
|
< 0,3
|
< 0,01
|
Kuchsiz sho‘rlangan
|
0,3 - 1,0
|
0,01 - 0,05
|
O‘rtacha sho‘rlangan
|
1,0 - 2,0
|
0,05 - 0,10
|
Kuchli sho‘rlangan
|
2,0 - 3,0
|
0,10 - 0,15
|
SHo‘rhoklar
|
> 3,0
|
> 0,15
|
Sug‘oriladigan sho‘rlangan tuproqlarni sug‘orishga qaratilgan meliorativ tadbirlarni aniqlashda albatta u yoki bu tuproqlarning o‘ziga xos xossalari - sho‘rlanganlik xarakteri, darajasi va tuzlarning tarkibi hisobga olinishi kerak. Shuningdek, hududning tabiiy sharoitlariga, ya’ni iqlim, yerning joylashish holati va uning nishabligi, litologik tuzilishi, tuproq-gruntlarning suv-fizik xossalari va ayniqsa gidrogeologik sharoitlari, ya’ni grunt suvlarining chuqurligi va harakatiga bog‘liq ravishda sug‘oriladigan hududlar bir nechta gidrogeologik zonalarga bo‘linadi: ustki va grunt suvlarining pastki qatlamlarigacha singib ketish zonasi; grunt suvlarining yer yuzasiga sizib chiqish (buloqlar ko‘rinishida) zonasi; tarqalib ketish va qayir zonalari (Pankov, 1974).
Birinchi zona - katta nishablik va yillik atmosfera ѐg‘in-sochinlari ko‘p bo‘ladigan (500-600 mm) tog‘ oldi baland yerlaridan iborat. Bu yerlarda suvni o‘zidan yaxshi o‘tkazuvchi, mayda tosh, shag‘al, qum qatlamlari yer yuzasiga yaqin (1,5-2,0 m) joylashgan. Grunt suvlari chuchuk bo‘lib, yer yuzasidan 10-30 m va undan ham past chuqurlikda joylashib, o‘zining nihoyatda yuqori tezligi (sutkasiga 100 metr atrofida) bilan farqlanadi. Tuproq qatlamlari va grunt suvlarida nishablikning kattaligi tuproq-gruntlarning suv o‘tkazuvchanligining yuqori bo‘lishi va grunt suvlarining oqimining yuqori darajada ta’minlanganligi sababli bu yerlarda sho‘rlanish sodir bo‘lmaydi, barcha pastki gidrogeologik zonaga oqizib yuvilib ketiladi, shu bois birinchi zona yerlari meliorativ qulay yerlar hisoblanib, sho‘rlanishga va botqoqlanishga moyil emas.
Ikkinchi gidrogeologik zona (yer osti suvlarining yer ustiga sizib chiqish zonasi) - quyi, pastki chegaralaridan boshlanib, pastki uchinchi zona oraliqlaridagi nishabi nisbatan kamroq maydonlarni egallaydi. Tuproqning ustki mayda zarrachali qatlami, qalin soz va og‘ir qumoqli mexanik tarkibga ega. Grunt suvlari o‘z yo‘nalishida og‘ir tarkibli qatlamlarga duch keladi va ular qarshiligiga uchrab siqilish sharoitida joylashadi. Bu suvlar yer yuzasiga yaqin (0,5-2,0 m) ko‘tarilishi ѐki sizib chiqish mumkin. Grunt suvlari oqimining sekinligiga qaramasdan (sutkasiga 10 metr atrofida) chuchuklik darajasini saqlab qolgan (tuzlar миқдори 0,2-0,4 г/л), shu bois tuproqlar deyarli sho‘rlanmaydi, faqat botqoqlanish jaraѐni yuz berishi mumkin.
Zonaning quyi qismlarida, grunt suvlari harakatining susayishi va mineralizatsiyasining ortishi (1,5-2,0 g/l va undan ortiq) tufayli tuproqlarda sho‘rlanish jaraѐnini kuzatish mumkin. Meliorativ tadbirlarning kam ishlatilishi yoki uni butunlay yo‘qligi oqibatida sug‘oriladigan tuproqlar sho‘rlanishi asosan uchinchi zonada (tarqalib ketish) grunt suvlarining bug‘lanish zonasida sodir bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston hududidagi ana shu mintaqaga mansub maydonlar yer yuzasi nishabi kichik bo‘lgan 0,0001-0,001 katta tekisliklar kengliklaridan tashkil topgan. Bu yerlarning iqlimi quruq va jazirama, yillik bug‘lanish (600-1200 mm) atmosfera ѐg‘inlaridan (100-300 mm) bir necha barobar yuqori. Tuproq-gruntlar deyarli og‘ir mexanik tarkibli bo‘lib, suv ko‘tarish qobiliyati nisbatan baland. Qum-shag‘al ѐtqiziqlari chuqur joylashgan (10-30 m va ko‘p). Grunt suvlari sho‘rlangan (minerallashgan) va yer yuzasiga yaqin joylashgan. Ularning yer osti tabiiy oqimi juda sekin (kam) ifodalangan yoki butunlay oqimsiz. Tabiiy sharoitning mana bunday majmuidan kelib chiqib, sho‘rlangan grunt suvlari katta miqdorda bug‘lanishga sarflanadi. Bunday holatda suvlar doimiy bug‘lanib turadi, tuzlar esa asta-sekin to‘planib tuproqni sho‘rlantiradi. Havo quruq va uning harakati qancha yuqori, tuproqning suv ko‘tarish qobilyati kuchli (yuqori), grunt suvlarining joylanishi yer yuzasiga qancha yaqin va uning mineralizatsiyasi yuqori bo‘lsa, tuproq sho‘rlanishi jarayoni shunchalik kuchli (jadal) kechadi. O‘zbekistonda sho‘rlangan va sho‘rlanishga moyil yerlar Farg‘ona vodiysida, Mirzacho‘lda, Buxoro viloyatida, Amudaryo quyi qismlarida katta maydonlarni egallaydi. To‘rtinchi zona (qayir) yerlarining meliorativ holati turlicha bo‘lishi mumkin. Grunt suvlari chuchuk bo‘lgan hududlarda (Chirchiq, Angren, Zarafshon, Norin, Qoradaryo bo‘ylarida) qayir yerlar sho‘rlanmagan, biroq ayrim joylar botqoqlashgan. Grunt suvlari minerallashgan (yer yuzasiga nisbatan yaqin joylashgan - 1,5-2,5 metrgacha va oqimi sust, masalan, Sirdaryoning chap sohili) maydonlarda qayir yerlar sho‘rlangan va meliorativ tadbirlar o‘tkazishni taqazo etadi.
Tuproq va uning qatlamlarida tuzlarning to‘planishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Tuzlar hosil bo‘lishining asosiy manbalari atmosfera ѐg‘in-sochinlari, tuproq-grunt suvlari, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar, nihoyat oqar suvlar harakatining sustligi, tuzlarning dengizdan quruqlikka shamol ta’sirida kelib qo‘shilishi (impulverizatsiya), o‘simliklar, sug‘orish suvlari va boshqalar tuz to‘plovchi manbalardan hisoblanadi. Tajriba nuqtai nazaridan olib qaraganda oqar suvlar ѐki grunt suvlari bilan birgalikda tuproqqa kelib to‘planadigan tuzlar alohida ahamiyatga molikdir. Tuzlarning suv bilan kelib tuproqqa tarqalishi ko‘proq quyidagi mahalliy tabiiy sharoitlarga: joyning relyefi va geologik tuzilishiga, tuproq gruntining suv o‘tkazadigan (filtrlash) xossalari kabilarga bog‘liqdir.
Tuproq tarkibida tuzlarning tarqalishi va to‘planishida iqlimning roli. Tuproqda tuzlarning to‘planishi ko‘pincha issiq va quruq iqlimli hududlarga xos bo‘lib, Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda keng tarqalgandir. Bunga sabab quruq va issiq o‘lkalarda atmosfera ѐg‘insochinining kamligi tufayli yerning chuqur qatlamlarigacha namlanmasligi, grunt suvlarining tuproq yuzasiga yaqin joylashganligi va parlanishning nihoyatda ko‘pligidir. Parlanishning miqdori iqlimiy sharoitlarga bog‘liq ravishda ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchidan erkin suv yuzasidan parlanish, ikkinchidan tuproq yuzasidan parlanish. Quyida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, shimoldan janubga qarab yurgan sari bug‘lanish ortib borishini ko‘ramiz, shunga mos ravishda parlanish ham bir meyorda oshib boradi (15.2.3-jadval).
Dostları ilə paylaş: |