15.2.4-jadval
Turli landshaftli mintaqalarda tuzlarning tarqalishi
Landshaft mintaqalari
|
Yog‘insochinlarning o‘rtacha yillik miqdori, mm
|
Yillik o‘rtacha bug‘lanish, mm
|
Quruq davrlardagi havoning nisbiy namligi, %
|
Grunt suvlarini eng yuqori mineralizatsiyasi, g/l
|
Tuproqdagi yengil eruvchi tuzlarning miqdori, %
|
Tuproqda tarqalgan tuzlar
|
Cho‘l
|
100
|
2000 -2500
|
20
|
200-350
|
25-50
|
NaCl, KNO3, MgCl2, MgSO4, CaSO4, CaCl2
|
Yarim cho‘l
|
200-300
|
1000 - 1500
|
20-30
|
100-150
|
5-8
|
NaCl, Na2SO4 CaSO4, MgSO4,
|
Dasht
|
300-450
|
800 -1000
|
35-40
|
50-100
|
2-3
|
Na2SO4, Na2CO3 NaHCO3
|
O‘rmon-dasht
|
350-500
|
500-800
|
40-45
|
1-3
|
0,5-1
|
NaHCO3 Na2CO3 Na2SO4
|
Namlik birmuncha yuqori bo‘lgan iqlim sharoitlarida kam eriydigan tuzlar to‘plangani holda suvda ko‘proq eriydigan tuzlar chuqur qatlamlarga, ona jins va grunt suvlarigacha yuvilib ketadi. Qurg‘oqchilik ortgan sari suvda ko‘proq eriydigan tuzlar to‘plana boshlaydi. Kuchsiz sho‘rlanishning boshlang‘ich davrida soda tuzi ko‘proq to‘plana boshlaydi. SHo‘rlanish kuchaygan sari birinchi o‘rinni sulfatlar, undan keyin xloridlar egallaydi. Cho‘l zonalarida tuproqlar sho‘rlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri shamoldir. Bu zonalar yoz oylari shamol rejimi bilan bog‘liq bo‘lib, yer ustki qismini qurishi, chang hamda tuzlarning uchirib olib ketishi bilan xarakterlanadi va tuproq shamol eroziyasiga uchraydi. Tabiatda elementlarning geoximik aylanishida, ayniqsa tuproqlarning sho‘rlanishida shamolning ta’siri kattadir. Shamol orqali tuzlar chang va mayda zarrachalar bilan dengizlardan olib kelinib, shamol pasayganda yoki yomg‘ir yoqqanda ular tuz jamg‘armasi hisobida ma’lum yerlarda yig‘iladi. F.Klarkning ma’lumotlariga qaraganda, har yili yerga atmosferadan 2 t dan 20 t gacha natriy xlorid tushar ekan. Shulardan eng ko‘pi dengiz oldi hududlarga to‘g‘ri keladi. Misol tariqasida Orol dengizini ko‘rsatish mumkin. Olimlar keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Orol bo‘yi maydonlariga har yili dengizdan 170-800 kg/ga tuzlar shamollar olib kelib ѐtqiziladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tuproq qatlamlarida tuzlarni to‘planishi va aralashishida joyning iqlimiy sharoiti katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun har bir joyning iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi yerlarni o‘zlashtirish, uning hosildorligini meliorativ nuqtai nazardan oshirish, xamda agrotexnikaga tayangan holda tuproqlarni sho‘rlanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Dostları ilə paylaş: |