9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


O‘zbekiston hududidagi sho‘rlangan tuproqlar maydoni



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə71/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

O‘zbekiston hududidagi sho‘rlangan tuproqlar maydoni. Ҳозирги вақтда Ер шарининг турли ҳудудларида тез суръатлар билан юзага kelayotgan sho‘rlanish jarayonlarini o‘rganish muhim dolzarb masalalardan hisoblanadi. O‘zbekistonda tarqalgan sho‘rlangan tuproqlarning turli xossa-xususiyatlarini hamda unumdorlik ko‘rsatkichlarini sho‘rlanish jarayonlari ta’sirida o‘zgarishi bir qator olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ularning ishlarida sho‘rlangan tuproqlarning genezisi va melioratsiyasiga oid umumiy mvammolar o‘rganilgan, shu bilan birga tuproqlardagi suv hamda tuzlar harakatining barcha mexanizmlari va umumiy qonuniyatlari ochib berilgan. Bularga misol qilib L.T.Tursunov va b., 1972, 1990, 2008; Uzoqov va b., 2008; M.U.Umarov, 1974, 1975; A.M.Rasulov, 1976; A.U.Axmedov va b., 1984, 1994; YE.I.Pankova va b., 1987, 1996; A.A.Tursunov, 1987; S.A.Abdullayev va b., 1995, 1997; M.M.Tashkuziyev, 1996, 2000; T.X.Xojiyev va b., 1997; I.Turapov va b., 2000, 2001; Kurvantayev va b., 2000; I.A.Yamnova va b., 2007, 2008; X.E.Yuldasheva, 2008 va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston hududida tabiiy komponentlarning, shu jumladan tuproqlarning ham ekologik holati ѐmonlashuvi kuchli darajada kuzatilmoqda. Sug‘orish va sho‘r yuvish me’ѐrlarining oshishi sizot suvlari sathining ko‘tarilishiga olib kelmoqda va bu o‘z navbatida tuproq sho‘rlanishining asosiy sabablaridan biriga aylanmoqda. Shu bois, arid mintaqa sho‘rlangan tuproqlarining unumdorlik holatini hozirgi sharoitlarda o‘rganish tuproqshunoslik fanining muhim haѐtiy mvammolaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan sho‘rlangan tuproqlar turli gorizontalkenglik zonalarida uchraydi: janubiy (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari), markaziy (Farg‘ona vodiysining ko‘p tumanlari, Mirzacho‘l, Jizzax, Samarqand viloyatining ayrim tumanlari) va shimoliy (Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi). Bu yerlarni sho‘rhokli va sho‘rhoksimon tuproqlar tashkil etadi. Bulardan tashqari tuproq singdirish kompleksida singdirilgan natriy ѐki magniyning miqdorlari yuqori bo‘lgan, agrofizikaviy xossalari o‘ta ѐmon sho‘rtobsimon tuproqlar ham uchraydi (Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
O‘zbekistonning ko‘p tuman va viloyatlarida tuproqdagi sulfatlar miqdori ko‘p holatlarda xloridlardan ancha yuqori, tabiiyki sho‘rlanish xlorid-sulfatli ѐki sulfatli. Buxoro viloyatining tumanlarida va Farg‘ona vodiysida tuzlar tarkibini asosan sulfatlar tashkil etib, xloridlar juda kam miqdorda uchraydi, shu bois bu yerlarda tuproq sho‘rlanish tipi sulfatli. Boshqa ayrim tumanlarda sulfat-xloridli va kam holatlarda xloridli sho‘rlanish tiplari uchrab turadi. Sug‘oriladigan tuproqlarning ayrim qismlarida gidrokarbonatli chuchuk grunt suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan maydonlarda sho‘rlanishning o‘ziga xos magniy karbonatli turi aniqlangan bo‘lib, ular Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining qator tumanlaridagi o‘tloqi-botqoq tuproqlarida uchrab, ko‘pgina maydonlarni egallagan.
Suvda eruvchi tuzlarning yuqori harakatchanligi bois sug‘oriladigan sho‘rlangan tuproqlar maydonlari doim o‘zgaruvchan. Tabiiy va xo‘jalik omillari sharoitlariga bog‘liq ravishda ular nisbatan qisqa vaqt ichida ortishi yoki kamayishi va bir vaqtning o‘zida sho‘rlanganlik darajalari kuchayib yoki pasayishi mumkin.
Sug‘oriladigan tuproqlar sho‘rlanganlik darajasiga qarab 4 ta asosiy guruhga sho‘rlanmagan, oz sho‘rlangan, o‘rtacha sho‘rlangan, kuchli sho‘rlangan va sho‘rhoklarga bo‘linadi. SHo‘rlanish darajasi asosan tuproqning sho‘rlanish ximizmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Turli tipda sho‘rlangan tuproqlar uchun tuzlar miqdorining maqbul chegarasi quyidagi jadvalda keltirilgan (15.2.2-jadval).

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin