15.2.3-jadval
Har xil zonalardagi namlikni bug‘lanishi va parlanishi, (mm)
Zonalar
|
Bug‘lanish
|
Parlanish
|
Tundra
|
200-300
|
70-120
|
Tayga
|
300-600
|
200-300
|
Aralash o‘rmon
|
400-850
|
250-430
|
Dasht
|
600-1100
|
240-550
|
Chala cho‘llar
|
900-1000
|
180-200
|
Cho‘llar
|
1500-2000
|
50-100
|
Subtropik
|
800-1300
|
300-750
|
V.A.Kovdaning ta’riflashicha, atmosferadan tushadigan yog‘in-sochin o‘simliklar qoplami va sizot suvlarning yer yuzasiga uzoq-yaqin joylashganligiga qarab parlanish shimoldan janubga tomon iqlimni quruqlasha borishi bilan orta boradi. Dasht va o‘rmon-dasht zonasida sho‘rxok va sho‘rxoklashgan tuproqlar, sho‘rlangan gruntlardan yoki yer osti suvlari chuqur joylashmagan, minerallashgan (1,5-2,5m) sizot suvlaridan paydo bo‘ladi. Qo‘riq dasht zonasida esa, tuproqlarning sho‘rlanishi ѐg‘ingarchilikni ozligi va uning yil davomida bir xilda tarqalmasligidan va bahor, yoz oylarining uzoq davom etishidan va nihoyat, atmosferadan tushadigan yog‘in yerning chuqur qatlamlarini namlatmasligidan hosil bo‘ladi. Bunday sharoitda ko‘proq solodlashgan tuproqlar paydo bo‘ladi. SHo‘rlangan va solodlashgan qatlamlar yer yuzasidan uncha chuqur joylashmagan bo‘lib, sizot suvining kapillyar rejimi tipi ostida dasht zonasiga qaraganda ko‘proq tuz to‘planadi. Cho‘l va chala cho‘l zonalarida esa boshqa zonalarga qaraganda atmosferadan keladigan yog‘ingarchilikni ozligi (yog‘ingarchilik asosan bahor va qish oylarida) va bu tuproqni chuqur qatlamlarini namlata olmasligi, bug‘lanishni nihoyatda ko‘pligi oqibatida bu zonalarda tuzlarni to‘planishi tez va ko‘p miqdorda bo‘ladi. Bundan tashqari sizot suvlar yer yuzasidan chuqur joylashmagan bo‘lsa u tuproq kapillyarlari orqali ham ko‘tarilib tuproqni sho‘rlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |